Topildiyev Soxibjon Raximjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Agrar munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt202.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Guljaxon Nematjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, datsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Jurayev Toshbolta Tuxtayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘qin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Rahmatulla Xidirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Agrar munosabatlar” kategoriyasiga yer bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovar va xizmatlar hamda daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai-nazaridan yondashish orqali takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi berilgan;
agrosanoat majmuasi sohalari o‘rtasidagi integratsion aloqalar samaradorligini oshirishga kooperatsiya jarayonlariga kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qilishni davlat tomonidan rag‘batlashtirish asosida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
agrar sohada sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga kreditning ta’minlanganlik tamoyiliga muvofiq, mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dasturlari doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun kreditlarni garovsiz berish taklifi nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan;
qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali foydalanishda g‘alladan bo‘shagan yerlardan ikkilamchi ekin maydoni sifatida foydalanganlik uchun soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini joriy etish taklifi asoslab berilgan;
respublikada qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti bilan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida agrar sohani 2030 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrar munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish asosida:
“Agrar munosabatlar” kategoriyasiga qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovar va xizmatlar hamda daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai-nazaridan yondashish orqali berilgan mualliflik ta’rifi “Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari” darsligida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 maydagi 237-sonli buyrug‘i, 237-450-son guvohnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi iqtisodiyot nazariyasini ilmiy-nazariy jihatdan boyitish hamda “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, amaliyot xodimlarining agrar munosabatlarga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
agrosanoat majmuasi sohalari o‘rtasidagi integratsion aloqalar samaradorligini oshirishga kooperatsiya jarayonlariga kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qilishni davlat tomonidan rag‘batlashtirish asosida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning 2-bobi “Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari”, 2-qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2022 yil 8 yanvardagi 10-10/32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda yerlarni xususiylashtirish, aholi turmush farovonligini va daromadlarini oshirishga, xufyona iqtisodiyotdan chekinish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishga erishilgan;
agrar sohada sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga kreditning ta’minlanganlik tamoyiliga muvofiq, mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandi uchinchi “...bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berilsin” xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2022 yil 8 yanvardagi 10-10/32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dasturlari doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun kreditlarni garovsiz berish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 6 oktyabrdagi PQ-387-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandi beshinchi “...qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million so‘mgacha garovsiz beriladi” xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 yanvarrdagi 07/14-14-9961-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida respublikamiz agrar sektorini shaffof kreditlash va tarmoqni rivojlantirishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali foydalanishda g‘alladan bo‘shagan yerlardan ikkilamchi ekin maydoni sifatida foydalanganlik uchun soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning 6-bobi 6-band 5-xatboshisidagi “qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimini chuqur tahlil qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish” qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2022 yil 8 yanvardagi 10-10/32-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida respublikamiz agrar sektorida xufyona iqtisodiyot ulushini qisman bartaraf etishga erishilgan.