Ismoilova Gulchiroy Tolliboy qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi):
“Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash zanjirida integratsiyalashuv jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha. (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/I1406.
Ilmiy rahbar: Yusupov Muhiddin Soatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash zanjirida integratsiyaalashuv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni klasterlar bilan qamrab olish, uning ishlab chiqarish-resurs salohiyati, iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy barqarorligini kompleks baholash yondashuvini past (0<Kquyi≤0,33), o‘rta (0,34<Ko‘rta≤0,67) va yuqori (0,67<Kyuqori≤100%) darajasiga ko‘ra baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oziq-ovqat mahsulotlarini “yetishtirish–saqlash–sanoat ishlab chiqarish-chuqur qayta ishlash–iste’molchiga yetkazish” zanjirida faoliyat uzviyligini Lchastota=0,82 va uzluksizligini Lmoda=0,83ga ko‘ra ta’minlash orqali klasterlardagi moddiy resurslar oqimida sinergiya samarasini oshirish taklifi asoslangan;
“Bulungur-Sandvik” MCHJ agrosanoat klasteri ishlab chiqarishining to‘liq siklini klaster tashkiliy tuzilmasi, uni samarali boshqarish va tizimda xo‘jalik aloqalarini muvofiqlashtirishning Lo‘z≥80% va Lijara≤20% optimal nisbati asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini agrosanoat klasterlar sharoitida rivojlanirishga ko‘ra qayta ishlash sanoati mahsulotlari hajmini 2022-2026 yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash zanjirida integratsiyaalashuv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarni klasterlar bilan qamrab olish, uning ishlab chiqarish-resurs salohiyati, iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy barqarorligini kompleks baholash yondashuvini
past (0<Kquyi≤0,33), o‘rta (0,34<Ko‘rta≤0,67) va yuqori (0,67<Kyuqori≤100%) darajasiga ko‘ra baholashdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish” davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda “Bulungur-Sandvik” MCHJ agrosanoat klasteri faoliyatida foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil
22 sentabrdagi 06-31-2/10-4511-son ma’lumotnomasi). Ushbu baholash yondashuvidan foydalanish “Bulungur-Sandvik” MCHJ agrosanoat klasterlarining ishlab chiqarish jarayonidagi muammoli nuqtalarni topishga va strategik rejalashtirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat mahsulotlarini “yetishtirish–saqlash–sanoat ishlab chiqarish-chuqur qayta ishlash–iste’molchiga yetkazish” zanjirida faoliyat uzviyligini Lchastota=0,82 va uzluksizligini Lmoda=0,83ga ko‘ra ta’minlash orqali klasterlardagi moddiy resurslar oqimida sinergiya samarasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish” davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda “Bulungur-Sandvik” MCHJ agrosanoat klasteri faoliyatida foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining
2022 yil 22 sentabrdagi 06-31-2/10-4511-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida moddiy resurslar oqimida sinergiya samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qilgan va “Bulungur-Sandvik”MCHJ ishlab chiqarish zanjirida texnologik quvvatlardan foydalanish samaradorligi 16 foiz va ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanish samaradorligi 9 foizga oshirishga imkon bergan;
“Bulungur-Sandvik” MCHJ agrosanoat klasteri ishlab chiqarishining to‘liq siklini klaster tashkiliy tuzilmasi, uni samarali boshqarish va tizimda xo‘jalik aloqalarini muvofiqlashtirishning Lo‘z≥80% va Lijara≤20% optimal nisbati bo‘yicha taklif “Bulungur-Sandvik” MCHJ faoliyatida foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirli-gining 2022 yil
22 sentabrdagi 06-31-2/10-4511-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida klaster tizimida qo‘shilgan qiymat zanjirini samarali boshqarish, tizimdagi korxonalar va tuzilmalararo iqtisodiy aloqalarni o‘zaro manfaatdorlik va chuqur hamkorlik asosida muvofiqlashtirish orqali klasterlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 6-8 %ga oshishiga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini agrosanoat klasterlar sharoitida rivojlantirishga ko‘ra qayta ishlash sanoati mahsulotlari hajmini 2022-2026 yillar uchun prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarni rivojlantirish va yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 22 sentabrdagi 06-31-2/10-411-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolda klaster ishlab chiqarishi samaradorligini yanada oshirish, qo‘shimcha imkoniyatlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan.