Akbarov Husniddinjon Mo‘ysin o‘g‘lining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2557.
Ilmiy rahbar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzayev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Ilxom Xurramovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari ishtirokida valyuta bozorida va birjadan tashqari valyuta bozorida muddatli valyuta operatsiyalarini rivojlantirgan holda valyuta zaxiralarini valyuta risklaridan himoyalash taklifi asoslangan.
ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta savdolarida operatsiyalar o‘tkazilishini soddalashtirish orqali spot valyuta bozori likvidliligini ta’minlash hamda valyuta bozoridagi almashinuv kursining keskin tebranishidan tijorat banklarini himoyalash mexanizmini joriy etish taklifi asoslangan.
tijorat banklarida valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish hamda valyuta risklaridan himoyalash imkoniyatini berish maqsadida, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan almashinuv kursi hamda ichki iqtisodiyotda inflatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi asoslangan.
birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida valyuta bozorining instrumentlaridan hisoblangan yetkazib berilmaydigan forvard (Non-Deliverable Forward) operatsiyalarini amaliyotga joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
tijorat banklari ishtirokida valyuta bozorida va birjadan tashqari valyuta bozorida muddatli valyuta operatsiyalarini rivojlantirish orqali valyuta zaxiralarini valyuta risklaridan himoyalashga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son bayonnomasi asosida XAB Trastbank (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son dalolatnomasi) va ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son bayonnomasi asosida ATB Turonbank (ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son dalolatnomasi) faoliyatiga joriy etilgan. Natijada, tijorat banklarida valyuta kursining salbiy o‘zgarishidan sug‘urtalash, yuqori daromadli spekulyativ operatsiyalar uchun cheklanmagan imkoniyat yaratish, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish hamda yangi turdagi daromadli instrumentlar yaratish imkoniyatlari ochib berilgan;
ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta savdolarida operatsiyalar o‘tkazilishini soddalashtirish, spot valyuta bozori likvidliligini ta’minlash hamda valyuta bozoridagi almashinuv kursining keskin tebranishidan tijorat banklarini himoyalash mexanizmini joriy etishga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son bayonnomasi asosida XAB Trastbank (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son dalolatnomasi) va ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son bayonnomasi asosida ATB Turonbank tomonidan amaliyotgan joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan valyuta birjasida sotib olingan xorijiy valyuta hajmining bir foizga ko‘payishi keyingi oyda almashinuv kursini 2,7 foizga oshirishi hamda tijorat banklari tomonidan valyuta birjasida xorijiy valyutalarni sotish hajmining bir foizga oshishi keyingi oyda almashinuv kursini 0,7 foizga pasaytirishi ekonometrik vektor avtoregressiya (VAR) modeli orqali aniqlangan va asoslab berilgan;
milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan almashinuv kursi hamda ichki iqtisodiyotda inflatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda, tijorat banklarida valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish hamda valyuta risklaridan himoyalash imkoniyatini berishga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son bayonnomasi asosida XAB Trastbank (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son dalolatnomasi) va ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son bayonnomasi asosida ATB Turonbank (ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son dalolatnomasi) tomonidan amaliyotgan joriy etilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida milliy valyutaning AQSh dollarga nisbatan kursi 11300-11500 so‘m atrofida bo‘lishi, 2023-yilning ikkinchi yarmidan USD/UZS almashinuv kursi 11500 dan yuqoriga ko‘tarilishi prognoz natijasida aniqlangan va ilmiy asoslangan. Shuningdek, 2023-yilning birinchi yarmida inflatsiya spirali ancha jilovlanib, 8 foizgacha tushishi hamda shu yilning ikkinchi yarmida esa inflatsiya darajasi 6-8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilingan;
birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida valyuta bozorining instrumentlaridan hisoblangan yetkazib berilmaydigan forvard (Non-Deliverable Forward) operatsiyalarini amaliyotga joriy etishga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son bayonnomasi asosida XAB Trastbank (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4042-son dalolatnomasi) va ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son bayonnomasi asosida ATB Turonbank (ATB Turonbankning 2022-yil 26-dekabrdagi 23-03/1576-son dalolatnomasi) tomonidan amaliyotgan joriy etilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat banklariga valyuta birjasidagi ochiq pozisiyasidan ko‘riladigan risklardan himoyalashga hamda banklarning valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirishga olib kelgan.