Aitimbetov Amirbek Koishibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Baliqchilik tarmog‘i samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1485.  
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, kat.i.x.; Sadlullaev Ulug‘bek Norqulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘i samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilik iqtisodiy samaradorlik darajasini uchta pog‘onada aniqlash hamda intensivlashtirish darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
tabiiy ko‘l va hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari o‘zaro hamkorlik faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan «Mintaqaviy ko‘l-hovuz baliqchiligi klasteri»ni tashkil etish asoslangan;
mintaqadagi to‘la tizimli hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari uchun ishlab chiqarish faoliyatining namunaviy algoritmi, «Hovuz daftari»ning namunaviy shakli va uni yuritish tartibi, «Hovuz xo‘jaligining namunaviy pasporti» va «Hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari faoliyati hisobot»ining namunaviy shakllari tavsiya etilgan;
hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida suv havzalaridan samarali foydalanishni rag‘batlashtirish maqsadida baliqlantirish materiallari hajmi hamda normativ bo‘yicha baliqlantirish materialining chiqish foiziga asosan subsidiyalash usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘i samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida: 
baliqchilikda intensivlashtirish ko‘rsatkichlarini guruhlashtirishni takomillashtirish va iqtisodiy samaradorlik darajasini uchta pog‘onada aniqlash hamda intensivlashtirish darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlash bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 33/01-04-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida joylashgan tabiiy ko‘llar baliqchilik xo‘jaliklarida xarajatlar qoplanishi o‘rtacha 132-138 foizni, markaziy va janubiy hududlar tumanlarining polikul`tura va monokul`tura sharoitida esa o‘rtacha 112-117 foizni tashkil etgan;
mintaqadagi tabiiy ko‘l va hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari o‘zaro hamkorlik faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillash-tirishga qaratilgan «Mintaqaviy ko‘l-hovuz baliqchiligi klasteri»ni tashkil etish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 33/01-04-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, hamkorlikdagi faoliyat tovar baliq ishlab chiqarish samaradorligini shimoliy hududlardagi tabiiy ko‘llar baliqchilik xo‘jaliklarida o‘rtacha 126-128 foizgacha, markaziy va janubiy hududlar tumanlarining polikul`tura va monokul`tura sharoitidagi hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida o‘rtacha 125-127 foizgacha oshishi asoslangan; 
mintaqadagi to‘la tizimli hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari uchun ishlab chiqarish faoliyatining namunaviy algoritmi, «Hovuz daftari»ning namunaviy shakli va uni yuritish tartibi, «Hovuz xo‘jaligining namunaviy pasporti», «Hovuz baliqchiligidagi ko‘rsatkichlar hisoboti»ning namunaviy shakllari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 33/01-04-583-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar natijasida baliqchilik xo‘jaliklari ichki xo‘jalik tashkiliy-iqtisodiy va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
baliqlantirish materiallari hajmi va tovar baliq chiqish foizining hisobga olgan holda subsidiyalash usulini takomillashtirish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 33/01-04-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha qo‘yiladigan baliqlar har bir turining miqdori ishlab chiqariladigan tovar baliqlarining jamiga nisbatan 10-15 foizdan oshmasligi hamda nobud bo‘lgan baliqlantirish materiallarini qoplash xarajatlari 50-65 foizgacha  bo‘lishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish