Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda tijorat banklarining rolini oshirish masalalari”, “08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1894.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normuxamedov Sardor Rifatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda tijorat banklarining rolini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan sanoat tarmog‘iga uzoq muddatli investisiyalarni yo‘naltirish, banklar hamda sanoat korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni barqarorlashtirish orqali moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishning Yaponiya modelidan foydalanish taklif qilingan;
tijorat banklari va korxonalarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash orqali sinergiya samarasini oshirishda banklar investisiyalari yordamida shu’ba korxonalarni tashkil etish taklif qilingan;
banklar va sanoat korxonalari kapitali integratsiyasini kuchaytirishda banklar tomonidan korxonalar ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan investisiyalarni oshirish hamda tijorat banklarining investisiya faoliyatini yanada kengaytirish lozimligi asoslangan;
moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda tijorat banklarining tashabbuskorligi va rolini oshirish maqsadida ular investision faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
tijorat banklari tomonidan sanoat tarmog‘iga uzoq muddatli investisiyalarni yo‘naltirish, banklar hamda sanoat korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni barqarorlashtirish orqali moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishning Yaponiya modelidan foydalanish borasidagi tavsiyalari “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qabul qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022-yil 31-oktyabrdagi 15-09/771-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan sanoat tarmog‘iga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investisiyalar hajmi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 2,1 trln. so‘mga yoki 8,3 foizga oshgan;
tijorat banklari va korxonalarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash orqali sinergiya samarasini oshirishda banklar investisiyalari yordamida shu’ba korxonalarni tashkil etishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida tatbiq qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022-yil 31-oktyabrdagi 15-09/771-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida bankning investisiyalari hisobidan “SQB Capital”, “SQB Insurance”, “SQB Consult” kabi shu’ba korxonalar tashkil etilgan;
banklar va sanoat korxonalari kapitali integratsiyasini kuchaytirishda banklar tomonidan korxonalar ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan investisiyalarni oshirish hamda tijorat banklarining investisiya faoliyatini yanada kengaytirish lozimligi borasidagi takliflari “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida qo‘llanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022-yil 31-oktyabrdagi 15-09/771-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korxonalarning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan jami qo‘yilmalar hajmi 57 foizdan 61,2 foizga, mazkur faoliyatdan olingan daromad 166,3 mln. so‘mga, bankning investision portfel hajmi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 2,3 barobarga oshgan. Investision portfel bo‘yicha daromad esa 2020-yilga nisbatan 26,6 mlrd. so‘mga ortgan;
moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda tijorat banklarining tashabbuskorligi va rolini oshirish maqsadida ular investision faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiya etilgan mexanizm “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida qo‘llanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022-yil 31-oktyabrdagi 15-09/771-sonli ma’lumotnomasi). Investision faoliyatni tashkil etish mexanizmidan foydalanish istiqbolda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda tijorat banklarining rolini hamda ularning investision faolligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish