Abdiroziqov Otabek Shodmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murakkab konfiguratsiyali termoelastik plastinalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini matematik modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1944.
Ilmiy rahbar: Anarova Shahzoda Amanbayevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Polatov Asxad Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab konfiguratsiyali plastinalarning termoelastik egilishi bilan bog‘liq bo‘lgan geometrik chiziqli bo‘lmagan masalalarni yechish uchun matematik model, hisoblash algoritmlari va yangi sinf masalalarini echuvchi dasturiy majmuani ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elastiklik nazariyasi va Ostrogradskiy-Gamiltonning variatsion prinsipi asosida harorat effektlarini hisobga olgan holda yupqa termoelastik plastinalarning geometrik chiziqli bo‘lmagan deformatsiyalanish jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
R-funksiya usulidan foydalangan holda variatsion usullarga asoslangan murakkab konfiguratsiyali yupqa plastinalarning termoelastikligini matematik modellarini aniqlaydigan boshlang‘ich-chegaraviy shartlarga ega xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimini yechimlar strukturasi ishlab chiqilgan;
murakkab shakldagi yupqa plastinalarning termoelastikligini hisoblash uchun fazoviy o‘zgaruvchilariga nisbatan diskretlashtirishga asoslangan echuvchi modellar ishlab chiqilgan;
Bubnov-Galyorkin variatsion va R-funksiya usullaridan foydalangan holda issiqlik o‘tkazuvchi yupqa plastinalarning deformatsiyalanganlik holatini hisoblash algoritmlari va dasturiy majmua tuzilishining funksional modullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murakkab shakldagi termoelastik plastinalarning geometrik chiziqli bo‘lmagan masalalarining ishlab chiqilgan umumlashtirilgan matematik modeli va hisoblash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua uchun quyidagi natijalarga erishildi:
haroratni hisobga olgan holda yupqa plastinalarnalarning geometrik chiziqli bo‘lmagan deformatsiyalanish jarayonlarida Ostrogradskiy-Gamilton prinsipi asosida umumlashtirilgan matematik modeli, R-funksiyalar nazariyasiga asoslangan variatsion va strukturaviy usul kabi sonli-analitik usullarga asoslangan algoritmlar, shuningdek, yangi masalalarning keng doirasini hal qilishni avtomatlashtirishga imkon beruvchi algoritmik va dasturiy majmui «LIDER PROF PROEKT» MChJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil
30 yanvardagi 0980-son ma’lumotnomasi). Natijada hisoblash algoritmlari ish samaradorligini
5-10% ga va hisob-kitoblarning aniqligini 7-10% ga oshirish imkonini bergan;
fazoviy yuklanishdagi yupqa plastinalarning geometrik nochiziqli masalalariga haroratni hisobga olgan holda geometrik chiziqli bo‘lmagan deformatsiyalanish jarayonlarini sonli natijalarini tahlil etishga imkon beruvchi avtomatlashtirilgan tizim «41571 – Harbiy qism» zirhli tanklarni ta’mirlash zavodidaga qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 30 yanvardagi 0980-son ma’lumotnomasi). Natijada zirhli ta’mirlash, ulardan foydalanish, hamda loyihalash jarayonlarini amalga oshirishga sarflangan vaqtni qisqartirish orqali ish unumdorligini 5 -10% ga va hisob-kitoblarning aniqligini 7-10% ga oshirish imkonini bergan.