Mamasobirov Umid Mamazokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullarini nazariy asoslash”, 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2196.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Shoobidov Shorahmat Asqarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Alimuhamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaxobutdinov Rustam Erkinboyevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘g‘ritishli konussimon va zanjirli uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullarini nazariy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzatma ilashmasidagi xatoliklar farqini kamaytirish usuli tishlar orasidagi oraliq masofani optimallash asosida ishlab chiqilgan;
konussimon to‘g‘ritishli uzatma ilashmasidagi tirqishni rostlash usuli radial siljish parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
to‘g‘ritishli konussimon uzatma elementlari deformatsiyasi ularni tayyorlashdagi geometrik og‘ishlar asosida ishlab chiqilgan;
zanjirli uzatmalarda yulduzcha tishi va rolikning kontakt to‘liqligi ilashma geometrik parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
uzatmalar ilashmasidagi oraliq masofa, yulduzchaning yonlama tepkisi kattaligining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullarini nazariy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagilar ishlab chiqilgan.
uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullari mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun “BMKB-Agromash” AJ ga joriy qilingan “BMKB-Agromash” AJning 2022-yil 17-yanvardagi №01-11 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida detallarning yeyilishbardoshligi 7-8 % ga oshgan. 
uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullari mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun “BMKB-Agromash” AJ ga joriy qilingan “BMKB-Agromash” AJning 2022-yil 17-yanvardagi №01-11 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida rostlash uchun vaqt 1,2-1,25 martaga qisqargan.
uzatmalar ilashishidagi xatoliklar farqini kamaytirish usullari mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun “BMKB-Agromash” AJ ga joriy qilingan “BMKB-Agromash” AJning 2022-yil 17-yanvardagi №01-11 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida loyihalash uchun sarf 10-12 % ga qisqargan.
“Qishloq xo‘jalik mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi”ning ishlab chiqarishga qabul qilish va joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiga asosan konussimon tishli g‘ildiraklarning yeyilishbardoshligi 20…30% ga oshgan (2022-yil 13-yanvardagi “Ilmiy ish natijalarini ishlab chiqarishga qabul qilish dalolatnomasi”).
MChJ “AGRIXIM” O‘zbek-German qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga to‘g‘ritishli konussimon uzatmalarni tayyorlash, yig‘ish va uzatma elementlarining elastik deformatsiyasi natijasidagi xatoliklarni kompensatsiyalashga doir Ilmiy ishning joriy etilishi 147 975 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishishga imkon bergan. (O‘zbekiston Respublikasi “AGRIXIM” MChJ O‘zbek-German qo‘shma korxonasining 2022-yil 26-sentyabrdagi №41 sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish