Nazarova Nargiza Mustaqimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muqobil energiya manbalarini qo‘llab, resirkulyasiyali meva quritgichini ishlab chiqish va tadqiq qilish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1156
Ilmiy rahbar: Jo‘rayev Turob Doniyorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxonov Muxammade-Sultanxon Saydivalixonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Fayziyev To‘lqin Amirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: : Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva va sabzavotlarni quritish uchun yuqori samaradorlikka ega energiya tejovchi resirkulyasiyali gelioquritgichni ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uyali polikabonat qoplamali quritish kamerasining shaffof sirtidan issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish imkonini beradigan, infraqizil nurlatgich reflektorli, shamollatish tizimi hamda harorat va namlik rejimlarini avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ixcham gelioquritgich qurilmasi ishlab chiqilgan;
quyosh meva quritgich qurilmasida ishlatilgan ikkilamchi issiqlikni mahsulotni quritish uchun utilizatsiya qilish imkonini beradigan, yuqori issiqlik samaradorlikka ega, rekuperativ issiqlik almashtirgich orqali takomillashtirilgan resirkulyasiya tizimli energiyatejamkor quyosh quritgich qurilmasi ishlab chiqilgan;
quritiladigan mahsulot va havoning namligi hamda haroratlarini o‘zgarishini hisobga olgan holda quritish tezligini quritish agentining issiqlik va massa almashinuvi parametrlari bilan bog‘laydigan, quritish kinetikasini hisoblash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
resirkulyasiyali quyosh meva quritgich qurilmasida o‘tkazilgan tajriba natijalarini umumlashtirish asosida tajribalarni rejalashtirish usuli bilan mahsulotlarning qurish davomiyligini quritish agentining tezligi va haroratiga bog‘liq o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan regression tenglama olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muqobil energiya manbalarini qo‘llab, resirkulyasiyali meva quritgichini ishlab chiqish va tadqiq qilish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishga mo‘ljallangan ixcham gelioquritgich qurilmasi (№ FAP 01889., 29.03.22 y) va energiya tejamkor gelioquritgich qurilmasi (№ FAP 02102., 13.09.22 y.) uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan. Natijada, yuqori samarali energiya tejamkor gelioquritish qurilmasini qo‘llash orqali sifatli quritilgan mahsulot olish imkoniyati yaratilgan;
energiya tejamkor resirkulyasiyali quyosh quritgich qurilmasi Buxoro viloyatining “Baqollik Usmon Vohidov” va “Zarafshon suv sohillari” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan. (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi №04/21-06/157-son ma’lumotnomasi). Natijada, resirkulyasiyali gelioquritgich qurilmasini qo‘llash orqali har 100 kg quritilgan mahsulotni quritish uchun sarf qilinayotgan mablag‘ miqdorini 2,25 mln so‘m tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish