Gaibnazarova Nodira Baxodirjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uslubiyatini ishlab chiqish va takomillashtirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2426.
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatulla Sulaymanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozodaxon Muhammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Kobulova Nilufarxon Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uslubiyatini takomillashtirish orqali ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklari sodir bo‘lish ehtimolini bartaraf etish hamda kamaytirishga oid huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy-ijtimoiy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini boshqarishda noxush (insidet) va baxsiz hodisalar va kasb kasalliklari sodir bo‘lish ehtimolini kamayishiga olib kelishi nazarda tutilgan “nazorat”, “solishtirish”, “rostlash” bosqichlaridan iborat matematik model ishlab chiqilgan;
ijtimoiy hamkorlik ya’ni, “davlat, korxona mamuriyati, jamoatchilik” mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash asosida mehnat muhofazasi(ob’ekt, xavfli holat, xavfli xodisa)ni boshqarishning matematik modeli takomillashtirilgan va shu asosida mehnat muhofazasi talablariga rioya etish natijalari ishonchlilik ehtimolini oshirish imkoniyati aniqlangan;
rahbarning mustaqilligiga daxl qilmagan holda, korxonani vaqt tig‘iz bo‘lgan sharoitlarda, ekstremal yoki stress vaziyatlarda qabul qilingan noo‘rin qarorlardan himoya qilish, xodimlar jarohatlanishi darajasini prognoz qilish imkonini beruvchi jamoatchilik nazorati matematik modeli ishlab chiqilgan;
kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlariga xodimlarning xayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muxofaza qilishga oid talablarning buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga taklif kiritish xuquqini berish normasini kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uslubiyatini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini boshqarishda noxush (insidet) va baxsiz hodisalar va kasb kasalliklari sodir bo‘lish ehtimolini kamayishiga olib kelishi nazarda tutilgan “nazorat”, “solishtirish”, “rostlash” bosqichlaridan iborat matematik model bo‘yicha taklifi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2022 yil 6 apreldagi KR-09/445-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat qilayotgan xodimlarning xavfsizligi, salomatligi va kasbiy qobilyati saqlanishiga qaratilgan vosita va tizimlarni samarali ishlashiga zamin yaratilgan;
ijtimoiy hamkorlik ya’ni, “davlat, korxona mamuriyati, jamoatchilik” mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash asosida mehnat muhofazasi(ob’ekt, xavfli holat, xavfli xodisa)ni boshqarishning matematik modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2022 yil 6 apreldagi KR-09/445-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy hamkorlik, ya’ni davlat, korxona mamuriyati, jamoatchilik vakillari ishtiroki ta’minlash orqali mehnat muhofazasini boshqarish tizimining ishonchlilik ehtimolini 34 foizga oshirishga erishilgan;
rahbarning mustaqilligiga daxl qilmagan holda, korxonani vaqt tig‘iz bo‘lgan sharoitlarda, ekstremal yoki stress vaziyatlarda qabul qilingan noo‘rin qarorlardan himoya qilish, xodimlar jarohatlanishi darajasini prognoz qilish imkonini beruvchi jamoatchilik nazorati matematik modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2022 yil 6 apreldagi KR-09/445-son ma’lumotnomasi). Natijada, xodimlarning xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan vosita va tizimlarni samarali ishlashiga erishilgan;
kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlariga xodimlarning xayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muxofaza qilishga oid talablarning buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga taklif kiritish xuquqini berish normasini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muxofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunni 31- moddasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasinging 2022 yil 6 apreldagi 04/3-10-426-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat qilayotgan xodimlarning xavfsizligi, salomatligini saqlanishiga qaratilgan jamoatchilik nazorati mexanizimini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan qonun hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan berilgan takliflarga kiritilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022 yil 29 martdagi KR-09/445-sonli dalolatnomasi).
Respublikadagi barcha yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxsiz hodisa qaysi tashkilotda, qaysi hududda, qaysi kasb egasi bilan sodir bo‘lgani, voqea tafsilotlari ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan nazorat uslubiyati asosida chuqur o‘rganilgan. Tahlil natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar Qo‘mitasining 2022 yil 6 apreldagi 04/3-10-426-sonli dalolatnomasi).