Saidumarov Alisher Ravshanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yuk avtomobillarining yonilg‘i sarfini atrof-muhitning yuqori haroratida aniqlash usulini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3384.
Ilmiy rahbar: Kulmuxamedov Jasur Rafikovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Doniyor Anvarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, mayor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atrof-muhitning yuqori haroratini hisobga olgan holda magistral xarakat siklida yuk avtomobillarining yoqilg‘i sarfini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhit harorati o‘zgarishini hisobga olgan holda eng kichik kvadratlar usuli bilan avtomobil harakati differensial tenglamasining koeffisiyenti qiymatlari aniqlangan;
yuk avtomobillarining yonilg‘i sarfini aniqlashni matematik modeli, unga ta’sir etayotgan harorat omilini hisobga olgan holda konstruktiv va ekspluatatsion parametrlarini ifodalovchi koeffisiyentlar yordamida takomillashtirilgan;
yuk avtomobillarining xarakat rejimlarini eksperimental statistik ma’lumotlari orqali real O‘zbekiston magistral yo‘l sharoitlarini ifodalovchi me’yoriy harakat sikli yaratilgan;
issiq-iqlim sharoitlarida haroratning termometrik ma’lumotlari yordamida magistral harakat siklida yuk avtomobillarining yonilg‘i sarfini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuk avtomobillarining yonilg‘i sarfini atrof-muhitning yuqori haroratida aniqlash usulini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
atrof-muhitning yuqori harorat sharoitlarida magistral harakat siklida yuk avtomobillarining yonilg‘i sarfini aniqlash uslubi Texnik jihatdan tartibga solish agentligida “MIP 16580577-003:2021” me’yoriy hujjatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 21-iyuldagi 2/4323-son ma’lumotnomasi.) Natijada, issiq-quruq iqlim sharoitlarida transport vositalarining yonilg‘i sarfini aniqlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy xujjatlarni yangilash imkonini bergan.
O‘zbekiston magistral yo‘l sharoitlari uchun yuk avtomobillarining magistral harakat sikli O‘zDSt 3597:2022 “Avtomobil transport vositalari yonilg‘i tejamkorligi. Issiq-quruq iqlim sharoitlarida sinov usullari” O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 21-iyuldagi 2/4323-son ma’lumotnomasi). Natijada, muayyan xarakat rejimlarida yonilg‘i sarfini aniqlash, ishlab chiqarilayotgan transport vositalarining konstruktiv parametrlarini tanlash va ularning issiq-quruq iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini baholash imkoniyati yaratilgan;
atrof-muhit haroratining o‘zgarishini hisobga olgan holda magistral harakat siklida yuk avtomobillarining tortish-tezlik xususiyatlari va yonilg‘i tejamkorligini hisoblashning matematik modeli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 21-iyuldagi 2/4323-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitning yuqori haroratining yuk avtomobillarining tortish-tezlik xususiyatlari va yonilg‘i tejamkorligiga ta’sir darajasini baholash jarayonidagi mehnat unumdorligi - 9-10 baravar oshishiga va sinov xarajatlari - 5-6 baravar kamayishiga olib kelgan.