Mirzabekov Sherzot Muytanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yirik fotoelektr stansiyalarning O‘zbekiston elektr energetika tizimi holatiga ta’sirini tadqiq etish», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1830
Ilmiy rahbar: Mirzabaev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Taslimov Abduraxim Dehkanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yirik  fotoelektr stansiyalarni O‘zbekiston energetika tizimiga xavfsiz ulanish imkoniyatini baholash, elektr energetika tizimi holatlarini tadqiq etish va uning elektr energetika tizimi samaradorligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rtacha soatlik va kunlik aktinometrik hamda iqlimiy ma’lumotlar  ko‘rsatgichlarini hisobga olib, fotoelektr stansiya quvvatini aniqlovchi immitatsion model ishlab chiqilgan;
quyosh radiatsiyasi, harorat, namlik va osmonning ochiqlik indeksi kabi faktorlarni hisobga olgan holda, sun’iy neyron tarmoq yordamida FESlar ishlab chiqaradigan quvvatni prognozlash modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
yirik quvvatli fotoelektr stansiyalar bilan integratsiyalashgan elektr energetika tizimida, hududning iqlim va aktinometrik ko‘rsatgichlari inobatga olgan holda, sun’iy neyron tarmoqlari va tugun tenglamalarni  birgalikda echishga asoslangan hisoblash usuli taklif etilgan;
1 GVtdan yuqori quvvatga ega fotoelektr stansiyalarini yagona elektr energetika tizimiga integrallashtirish natijasida, liniyalardagi ruxsat etilgan tok bo‘yicha maksimal yuklanish qiymati, nominal kuchlanish qiymatlari o‘zgarish dinamikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik quvvatli fotoelektr stansiyalarni O‘zbekiston elektr energetika tizimi Janubiy qismida taqsimlab integrallashtirish natijasi asosida: 
o‘rtacha soatlik va kunlik aktinometrik hamda iqlimiy ma’lumotlar  ko‘rsatgichlarini hisobga oluvchi Sun’iy neyron tarmoq yordamida FESlar ishlab chiqaradigan quvvatni prognozlash modeli va algoritmi Surxondaryo elektr tarmoqlarida joriy qilingan. («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 01-02-16/636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir sutka davomida elektr enargiya isrofini 10 360 kVt.soatga kamaytirishga erishilgan;
yirik quvvatli fotoelektr stansiyalar bilan integratsiyalashgan elektr energetika tizimida, hududning iqlim va aktinometrik ko‘rsatgichlari inobatga olgan holda, sun’iy neyron tarmoqlari va tugun tenglamalarni  birgalikda echishga asoslangan hisoblash usuli Surxondaryo elektr tarmoqlarida joriy qilingan.  («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 01-02-16/636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yozgi mavsum davomida (92 kun) 281 170 400 so‘m tejashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish