Muminov Maxmudjon Umurzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sinxron mashinalar uchun zaxira qo‘zg‘atish tizimlarini ishlab chiqish», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/T1624:
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Akrom Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Ikrom Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib, avtonom sinxron mashinalar uchun zaxira qo‘zg‘atish tizimi sxemalarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fotoelektrik o‘zgartkich asosida qo‘zg‘atiladigan kichik va o‘rta quvvatli sinxron mashinalarning o‘tkinchi jarayonlardagi qo‘zg‘atish toki amplitudasining qiymatini kichikligi asoslangan;
fotoelektrik o‘zgartkich asosida qo‘zg‘atiladigan kichik va o‘rta quvvatli sinxron mashinalarning elektromagnit momenti xamda aylanish tezligini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan va matematik modeli yaratilgan;
quyosh va shamol energiyalari asosida kichik va o‘rta quvvatli sinxron mashinalarning qo‘zg‘atish tizimi takomillashtirilgan;
alohida turbina bilan jihozlangan o‘zgarmas tok generatori asosida sinxron gidrogeneratorni qo‘zg‘atuvchi qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinxron mashinalar uchun zaxira qo‘zg‘atish tizimlarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
sinxron gidrogeneratorni qo‘zg‘atish uchun qurilma ishlab chiqilgan va u o‘zgarmas tok generatorining alohida qurilma sifatida ishlab chiqarilganligi va turbina bilan jihozlangan qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP-02165, 30.11.2022 y). Natijada qurilma yordamida sinxron gidrogeneratorlarni alohida turbina bilan jihozlangan qo‘zg‘atgichli o‘zgarmas tok generatori bilan qo‘zg‘atish imkon yaratilgan;
cinxron mashinalarni qo‘zg‘atish tizimini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ta’minlash sxemalari «Angren ko‘mir koni» korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2020 yil 4-dekabrdagi № 01-13/1606 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik iqtisodiy samara 142 152 190 so‘mni tashkil etgan;
sinxron gidrogeneratorlarni qo‘zg‘atish tizimini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ta’minlash sxemalari “Quyi Bo‘zsuv GES lar kaskadi” unitar korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbek gidroenergo” AJ ning 2022 yil 7-iyun` № 02-28/1578 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg‘amini quvvatlantirish uchun sarflanadigan elektr energiyasini 2% ga tejash, generatorni ishlatish davrida sinxron generatorni qo‘zg‘atish tizimining ishlash muddati va ishonchliligini 10-15% ga oshirish hamda sinxron generator qo‘zg‘atish tizimi quvvatini qisman zahira manbai bilan ta’minlashga erishilgan.