Davlyatova Zulfiya Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Imidozolin hosilali korroziya ingibitorlari cintezi va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3426.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Dusmbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va sanoatning ikkilamchi mahsulotlari asosida uglevodorodlarda eriydigan samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida 13 turdagi yog‘ kislotalari mavjud yog‘-moy sanoatining ikkilamchi mahsuloti soapstok va polietilenpoliaminning past haroratlarda aromatik uglevodorodlar aralashmasi erituvchiligida kislotali katalizator ishtirokida kondensatlanish bilan imidozolin hosilalari hosil bo‘lishi isbotlangan;
«Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ ikkilamchi mahsulotlari normal tuzilishli C12 - C20 uglevodorodlar fraksiyasi - foydalanilgan ikkilamchi suyuq geksan va TAR mahsulot arlashmasini vakuumli haydash mahsuloti aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollardan iborat erituvchilar tarkibi geterotsikllash jarayonlarining samarali eprituvchisi ekanligi asoslangan;
soapstok va polietilenpoliaminning kondensatlanishidan olingan «IIK-D1» seriyadagi korroziya ingibitorlari SP1-UPN Shimoliy Urtabuloq neft qudug‘i sharoitida qurilmalarni 90 % dan kam bo‘lmagan samara bilan himoyalashi isbotlangan;
yog‘-moy sanoatining ikkilamchi mahsuloti soapstok va polietilenpoliamin asosida uglevodorodlarda eriydigan samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqish texnologiyasini yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uglevodorodlarda eriydigan samarali korroziya ingibitorlari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«IIK-D1» seriyadagi korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 23 fevraldagi 01/3-568/A-son ma’lumotnomasi). Natijada, kislotali katalizator ishtirokida tan narxi 1,5 -1,8 martta arzon bo‘lgan korroziya ingbitorlari olishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
yog‘-moy sanoati ikkilamchi mahsulotlari asosida kislotali katalizatorlar ta’sirida ishtirokida «IIK-D1» seriyadagi korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 23 fevraldagi 01/3-568/A-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalarini himoyalash darajasi 93 % bo‘lgan imidozolin asosli uglevodorodlarda eriydagan korroziya ingibitori ishlab chiqarish imkonini bergan.