Kasimova Shaxnoza Oybekovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasallalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishni yaxshilash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya va 14.00.01 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib539.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmad Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori nafas yo‘llarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan ayollarda homiladorlikni uchinchi trimestrini va tug‘ruqni oqilona yuritish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali tonzillit va surunkali rinosinusit bilan og‘rigan ayollarda homiladorlik mobaynida bu ayollarda homiladorlik muddatidan erta tug‘ish (58,5%), qog‘onoq suvining muddatidan oldin yorilishi (28,5%) va gipotonik qon ketish (22%) kabi eng muxim perinatal va akusherlik xavf omillari isbotlangan;
surunkali tonzillit va surunkali rinosinusit bilan xastalangan homilador ayollarni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida homila-yo‘ldosh tizimining holatini o‘rganish natijasida quyidagilar: surunkali tonzillit bilan qon aylanishining buzilishi-1A darajasi, surunkali rinosinusit bilan esa -1B darajasi isbotlangan;
surunkali tonzillit va surunkali rinosinusitli ayollarda homiladorlikni kechishini tahlilida surunkali rinosinusitlarning ko‘rsatkichi (SRSK) 36,6% ni, surunkali tonzillitning toksiko-allergik shaklining ikkinchi darajasi 34,5% ni tashkil qilgan bo‘lib, surunkali rinosinusit bilan og‘rigan homilador ayollarning 77,6% da homiladorlikning kechishidagi o‘zgarishlar natijasida umumiu intoksikatsiya, tez-tez charchash holatlari, nafas olish yo‘lidagi og‘riqlar kuzatilgan bo‘lsa, surunkali tonzillitda bu belgilar tomoqni qichishishi, yutinishni qiyinligi xar ikkinchi homilador ayolda 51,1% ekanligi isbotlangan;
yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda ishlab chiqilgan algoritmda L-arginin preparati bilan homiladorlik asoratlarini (homila tushishi, fetoplatsentar etishmovchilik), tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar (1,5 marta), perinatal kasallanish esa (2 marta) kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Homilador ayollarda surunkali tonzillit va surunkali rinosinusitni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/542-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homilador ayollarda surunkali tonzillit va surunkali rinosinusitni samarali tashxislash va davolash imkonini bergan;
yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishni baholash bo‘yicha oligan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Homilador ayollarda surunkali tonzillitni dekasan dori vositasi bilan kompleks davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/542-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishda homiladorlarda surunkali tonzillitni davolashda Nebulayzer apparati bilan Dekasan dori vositasini ingalyasiya qilishning o‘ziga xosliklari inobatga olinib davolash imkonini bergan;
yuqori nafas yo‘llarining yiringli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda homiladorlikni va tug‘ruqni olib borishni yaxshilash baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 08n–41731-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi ushbu kasallik bilan og‘rigan homilador ayollarda kasallikni tashxislash sifatini va davolash samaradorligini oshirish, kasallik zo‘rayishini va asoratlar shakllanishini kamaytirish, kasallik oqibatlarini yaxshilash va homiladorlikni samarali kechishini imkonini bergan.