Abriev Hazratqul Bo‘ronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy obidalarning bunyod etilish tarixi”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1276.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV–XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda me’morchilik hamda obodonlashtirish ishlarini yozma manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Temuriylar sulolasi vakillari Amir Temur, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Bibixonim, Sulton Husayn Boyqaro hamda Alisher Navoiy kabi talaba-yoshlar tafakkurini boyituvchi tarixiy shaxslar qatorida Xalil Sultonning Termiz shahrini qayta tiklashi, Badi-uz-zamon, Gavharshod begim va Milkat og‘o begimlarning Hirot shahridagi me’morchilik va obodonchilik faoliyati manbalar asosida ochib berilgan;
ilk o`rta asr shaharsozlikdagi ark, shahriston, rabot tushunchalaridan Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrning yaxlit ma`muriy markazlari sifatida shakllangan Samarqand, Kesh, Buxoro, Shohruhiya, Hirotda shaharsozlik madaniyatining taraqqiyotida «Hisor» atamasi farqi, ulardagi qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda savdo-hunarmandchilik sohalarining rivojlanishi manbalar asosida isbotlangan;
Amir Temur va Mirzo Ulug`bek tomonidan Samarqand shahrida bunyod etilgan bog`lar, ularning joylashuvi, xususiyati, Hirot shaharida Shahruh Mirzo hamda Sulton Husayn Boyqaro tomonidan barpo etilgan mahallalar, bog`lar, kanallar, ko`priklarning tarixiy ahamiyati manbalar asosida dalillangan;
Amir Temur va Temuriy hukmdorlar tomonidan Movarounnahr hamda Xuroson hududlarida bunyod e`tilgan me’moriy obidalar tarixini yorituvchi manbalardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va Temuriylar davriga oid me’moriy obidalarning bunyod etilishi tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIV–XV asrlarda Amir Temur va Temuriylarning Movarounnahrda amalga oshirga bog`dorchilik va obodonchlik ishlarini o`rganish hamda yurtimizning turizm salohiyatini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi hujjatlar fondiga «Amir Temur bog‘larining joylashuv tarixi» tuzilib joylashivi xaritasi tag`dim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021-yil 18-yanvardagi 23-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Samarqand viloyati turizm va sayyoxlik salohiyatini rivojlantirish uchun «Amir Temurning 12 bog‘i haqidagi axborotni ular joylashgan joyi, har bir bog` xususiyatlari, maydoni, yaratilish tarixini yorituvchi interfaol xaritalar» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Samarqand viloyati turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-05/1612-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ma’lumotlar asosida Amir Temur davriga oid bog‘larni qayta tiklash uchun amaliy ishlar olib borishga imkoniyat yaratilgan;
Amir Temur va Temuriy hukumdorlarning davrida ilm-fan va me`morchilik sohasidagi yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida «O`zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Taqdimot» ko‘rsatuvining «Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy obidalari bunyod etilishi» sonini tayyorlashda hamda mazkur telekanalda efirga uzatilgan «Ko‘hna manzillar» turkum ko‘rsatuvlari ssenariysini shakllantirish uchun «Bibixonim maqbarasi», «Bibixonim masjidi» va «Ulug‘bek rasadxonasi» kabi me’moriy inshootlarning bunyod etilishi tarixiga oid ko‘rsatuvlari tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston tarixi» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019-yil 6-dekabrdagi 02-70-2576-son hamda mazkur teleradiokanalning 2021-yil 6-avgustdagi 40-40-1298-son ma’lumotnomalari). Natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi Amir Temur va Temuriylar davlati tarixini yoritishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.