Umurzakova Bonuxon Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarining fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatini rivojlantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3468.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kambarova Diloram Yusupovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qahhorova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatni shakllantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy til o‘qituvchilarida ommaviy kommunikatsiyadan foydalanish darajasini rivojlantiruvchi didaktik-mantiqiy topshiriqlar mazmuni mediavositalaridan foydalanishning “Heimdill-Project” usuli mediata’limning moslashuvchanligi bilan qayta aloqasining identivligini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatini shakllantirish modeli motivatsion, ijtimoiy – madaniy, kognitiv, kasbiy – kommunikativ, refleksiv mezonlar hamda til bilish indekatorlarida belgilangan (yuqori kreativlik, o‘rta, past) darajalari asosida takomillashtirilgan;,
bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida mediavositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari “About all” tarmog‘idan foydalanish, fanlararo hamkorlikni produktivligi differensiallashtirish kategoriyalariga identiv modifikatsiyalash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv mashqlarini gumanitar fanlar bilan integratsiyalash, mediata’lim, mediasavodxonlik tushunchalari mediata’limning konsepsiyasi va strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatni shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy til o‘qituvchilarida ommaviy kommunikatsiyadan foydalanish darajasini rivojlantiruvchi didaktik-mantiqiy topshiriqlar mazmuni mediavositalaridan foydalanishning “Heimdill-Project” usuli mediata’limning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini aniqlashga doir takliflari 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzudagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4431/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida mediata’lim asosida ommaviy kommunikatsiyadan ta’lim - tarbiya jarayonida foydalanish, turli media asarlarni tahlil qilish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatini shakllantirish modeli motivatsion, ijtimoiy – madaniy, kognitiv, kasbiy – kommunikativ, refleksiv mezonlar hamda til bilish indekatorlarida belgilangan (yuqori kreativlik, o‘rta, past) darajalari asosida “Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 23-iyundagi 180-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatni rivojlantirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida mediavositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari “About all” tarmog‘idan foydalanish, fanlararo hamkorlikni produktivligi differensiallashtirish kategoriyalariga identiv modifikatsiyalash qaratilgan takliflaridan 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzudagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4431/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lg‘usi xorijiy til o‘qituvchilarida fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatni shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir dars mashg‘ulotlari majmuini ishlab chiqishga xizmat qilgan.