Zubaydullayev O‘ktam Raim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni art-pedagogika asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1257.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Taylanova Shoxida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, dosent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafayev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi art-pedagogika asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi art-pedagogikaning haykaltaroshlik, rasm, badiiy qo‘l san’ati, musiqa, teatr, o‘yin kabi faoliyat turlari hamda korreksion-pedagogik, badiiy-didaktik, tor pragmatik hamda integrativ yondashuvlarning shaxs ichki imkoniyatlarini namoyon etish va ruhiyatini uyg‘un rivojlantirish imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning art-pedagogikaga asoslangan lokal-modulli texnologiyasi motivasion, yo‘naltiruvchi, amaliy, nazorat-korreksion bosqichlarning korrelyativ funksiyalariga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlari (uyg‘unlashtirish, hamkorlik faoliyati, o‘z-o‘zini boshqarish, tashkil etish, natija) tarkibini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
art-pedagogika asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli artpedagogik yuklama, artpedagogik anglash, artpedagogik trening, artpedagogik ijod va tadqiqot bosqichlari tarkibiga kiruvchi maqsadli, diagnostik-izlanish, mazmunli, tashkiliy, texnologik, faoliyat, baholash komponentlarning algoritmik bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimining axborot va o‘quv-metodik ta’minoti integrativ-ijodiy topshiriqlar, “O‘qitishda musiqaviy yondashuv”, “Teatr va hayot”, “Mohir rassom”, “Chaplangan qog‘oz” kabi artpedagogik metodlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) hamda artpedagogik treninglarning motivasion-kognitiv imkoniyatlarini aniqlash asosida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi art-pedagogikaning haykaltaroshlik, rasm, badiiy qo‘l san’ati, musiqa, teatr, o‘yin kabi faoliyat turlari hamda korreksion-pedagogik, badiiy-didaktik, tor pragmatik hamda integrativ yondashuvlarning shaxs ichki imkoniyatlarini namoyon etish va ruhiyatini uyg‘un rivojlantirish imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Samarqand davlat universiteti JBHL-22-“Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” (2020-2021 yillar) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 dekabrdagi 02-07-4504/04-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni oilaviy va kasbiy faoliyatga yo‘naltirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari hamda artpedagogik yondashuvlari mazmunini boyitishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning art-pedagogikaga asoslangan lokal-modulli texnologiyasi motivasion, yo‘naltiruvchi, amaliy, nazorat-korreksion bosqichlarning korrelyativ funksiyalariga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlari (uyg‘unlashtirish, hamkorlik faoliyati, o‘z-o‘zini boshqarish, tashkil etish, natija) tarkibini ochib berish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan Samarqand davlat universiteti JBHL-22-“Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” (2020-2021 yillar) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 dekabrdagi 02-07-4504/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni hozirgi zamon talablariga mos ravishda kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimining tarkibiy asoslarini tatbiq etishga imkoniyati yaratilgan;
Art-pedagogika asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli artpedagogik yuklama, artpedagogik anglash, artpedagogik trening, artpedagogik ijod va tadqiqot bosqichlari tarkibiga kiruvchi maqsadli, diagnostik-izlanish, mazmunli, tashkiliy, texnologik, faoliyat, baholash komponentlarning algoritmik bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Samarqand davlat universitetida bajarilgan “JBHL-22-“Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish””loyihasi doirasi belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 dekabrdagi 02-07-4504/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni artpedagogika asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni algoritmik bosqichlar asosida boyitilisha erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish