Quzmanova Gulhayo Boxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped1365.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq Davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishda sinfdan tashqari mustaqil topshiriqlarning algoritmik kombinatsiyali harakatga undovchi pedagogik imkoniyatlari informatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlash integratsiyasini ta’minlash orqali izlash ko‘nikmalariga ustuvorlik berishga ko‘ra  aniqlashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish modeli axborot muhitini yaratish va undan kompleks foydalanishning o‘lchamlilik, intervallik tamoyillarini ma’lumotlarni vizual-filtrli tasvirlash muhitiga  ijtimoiy media marketing talablariga ko‘ra kiritish asosida takomillashtirilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi fanlarni o‘qitishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning raqamli usullarini 3D ko‘rinishli variativ, adaptiv ish turlari bilan pragmatik monitoringli munosabatda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tasodifiy funksiyalar statistik nazariyasidan foydalanish negizida o‘quvchilarning akademik-ijtimoiy traektoriyasini nazoratlash elementlarini elektron kontent va avtomatik baholash instrumentlariga individualizatsiya muhitida  transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishda sinfdan tashqari mustaqil topshiriqlarning algoritmik kombinatsiyali harakatga undovchi pedagogik imkoniyatlari informatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlash integratsiyasini ta’minlash orqali izlash ko‘nikmalariga ustuvorlik berishga oid takliflardan 2015-2017 yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 – raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 01/15-09/276-son ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini hamda sifati monitoringi samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish modeli axborot muhitini yaratish va undan kompleks foydalanishning o‘lchamlilik, intervallik tamoyillarini ma’lumotlarni vizual-filtrli tasvirlash muhitiga  ijtimoiy media marketing talablari asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan 2015-2017-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910154408 - raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 04/36-2072-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘garak mashg‘ulotlarini olib boruvchi elektron platformadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari oshirilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi fanlarni o‘qitishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning raqamli usullarini 3D ko‘rinishli variativ, adaptiv ish turlari bilan pragmatik monitoringli munosabatda optimallashtirish hamda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tasodifiy funksiyalar statistik nazariyasidan foydalanish negizida o‘quvchilarning akademik-ijtimoiy traektoriyasini nazoratlash elementlarini elektron kontent va avtomatik baholash instrumentlariga individualizatsiya muhitida  transformatsiyalashga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 01-02/2-2-174-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini media marketing vositasida monitoringli munosabatlarni optimallashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish