Nazarova Zulayxa Turabovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish (Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida), 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3399.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirish yo‘nalishlariga ko‘ra shaxs va sosium munosabatlarni belgilash asosida modernizasiyalashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘qituvchida tarbiya faniga oid konseptual talablarni tipik va notipik vaziyatlarda namoyon etish qobiliyatlariga bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirish hamda senzitiv fikrlashga sharoit yaratuvchi novatorlik kurslarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi shaxsning erkin muloqotga asoslangan, hayot tarzini va aloqa shakllarini kommunikasiya asosida o‘zgartira oladigan va ijtimoiy javobgarlik prinsipi va pozitiv tipga ega kreativlik, keys, vitagen va ivent kabi integrativ xususiyatlarga ko‘ra individual-psixologik va kognitiv usulga xos texnologiyalar bosqichlarini belgilash asosda takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning taksonomik mexanizmi va baholash mezonlari stereotipizasiya, identifikasiya va refleksiyaga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan: 
«Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirish yo‘nalishlariga ko‘ra shaxs va sosium munosabatlarni belgilash asosida modernizasiyalashtirish, malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning taksonomik mexanizmi va baholash mezonlari stereotipizasiya, identifikasiya va refleksiyaga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish-2022” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 maydagi 01/09-598-son ma’lumotnomasi). Natijada «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni va metodologiyasining boyitilishiga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘qituvchida tarbiya faniga oid konseptual talablarni tipik va notipik vaziyatlarda namoyon etish qobiliyatlariga bog‘liqligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish hamda senzitiv fikrlashga sharoit yaratuvchi novatorlik kurslarini kiritish asosida takomillashtirish hamda malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi shaxsning erkin muloqotga asoslangan, hayot tarzini va aloqa shakllarini kommunikasiya asosida o‘zgartira oladigan va ijtimoiy javobgarlik prinsipi va pozitiv tipga ega kreativlik, keys, vitagen va ivent kabi integrativ xususiyatlarga ko‘ra individual-psixologik va kognitiv usulga xos texnologiyalar bosqichlarini belgilashga oid tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish-2022” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 maydagi 01/09-598-son ma’lumotnomasi). Natijada Tarbiya fani o‘qituvchisini ijtimoiy kompetensiyalarini innovasion yondashuvlar orqali rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish