Yuldasheva Gulshad Tileuovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klasterli yondashuv asosida talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi (informatika o‘qitish metodikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1318.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika  universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Ilxom Qudratovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxamadrasul, texnika fanlari doktori professor; Qarshiyev Abror Amrullayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Informatika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kommunikativ kompetentligini innovasion ta’lim klasterli muhitida rivojlantirishning didaktik ta’minoti ma’lumotlarning variativligini maqbullashtiruvchi ommaboplik, tushunarlilik tamoyillarini axborotli ta’limning qulaylik darajalariga optimallashtirish asosida rivojlantirilgan; 
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning klasterli modeli talabalarning muloqotga motivatsion yo‘nalganligini intensivlashtiruvchi nutqiy instruksiyalardan o‘zaro ta’sir o‘tqazish va boshqarishli muloqot kontekstlarda ko‘p tanlovlikda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasi passiv nutqiy muhit ishtirokchilarida barqaror ijobiy motivlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan muloqot modelida o‘qitishning multisensorli vositalarini o‘zaro taxrirli munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini rivojlanganligini  baholash mezonlari muloqotning jizabadorligini oshiruvchi kasbiy lug‘at va maishiy nutqiy zaxirani kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga integrativ takrorlash munosabatida singdirish asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Klasterli yondashuv asosida talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kommunikativ kompetentligini innovasion ta’lim klasterli muhitida rivojlantirishning didaktik ta’minoti ma’lumotlarning variativligini maqbullashtiruvchi ommaboplik, tushunarlilik tamoyillarini axborotli ta’limning qulaylik darajalariga optimallashtirish asosidagi  taklif va tavsiyalardan «Boshlang‘ich ta’limda axborot kommunikasion texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 6-ilova 877-119). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning klasterli modeli talabalarning muloqotga motivatsion yo‘nalganligini intensivlashtiruvchi nutqiy instruksiyalardan o‘zaro ta’sir o‘tqazish va boshqarishli muloqot kontekstlarda ko‘p tanlovlikda qo‘llashga doir takliflaridan 2017-2020-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 - raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi innovasion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpog‘iston filialining 2022 yil 16 dekabrdagi  383-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish, ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan; 
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasi passiv nutqiy muhit ishtirokchilarida barqaror ijobiy motivlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan muloqot modelida o‘qitishning multisensorli vositalarini o‘zaro taxrirli munosabatda qo‘llashga hamda bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini rivojlanganligini  baholash mezonlari muloqotning jozibadorligini oshiruvchi kasbiy lug‘at va maishiy nutqiy zaxirani kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga integrativ takrorlash munosabatida singdirishga oid tavsiyalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini 2023 yil 23 fevraldagi 04-36-300-son ma’lumotnomasi). Natijada, Informatika o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirish, axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish