Nazarov Abdusalom Ortiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chegara bojxona postlarida moliyaviy riskni minimallashtirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1799.
Ilmiy rahbar: Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi chegara bojxona postlaridan harakatlanayotgan jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni aniqlash va ularni minimallashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro aeroportlardagi bojxona nazorati jarayonida bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri va to‘liq undirishga ta’sir etadigan moliyaviy risk ob’ektlarini tanlash mexanizmi yo‘lovchi tomonidan bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba huquqbuzarlik sodir etilganligi bo‘yicha yangi mezonlar kiritish orqali takomillashtirilgan;
xalqaro aeroportlardagi chegara bojxona postlaridan muntazam ravishda olib o‘tiluvchi tovarlar uchun deklaratsiya muddatini uzaytirish hamda bojxona nazorati jarayonini yengillashtirish orqali bojxona to‘loviga tortish bo‘yicha potensial moliyaviy riskni erta aniqlash taklifi asoslangan;
xalqaro aeroportlarga uchib kelayotgan yo‘lovchilarning to‘lovga tortiladigan tovarlar bo‘yicha moliyaviy risk darajasini ularning yo‘l harakati bilan bog‘liq hujjatlarida oldindan va qo‘shimcha ma’lumotlarni yoritish orqali minimallashtirish taklifi asoslangan;
xalqaro aeroportlarga uchib kelayotgan moliyaviy risk darajasi yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni tanlab olish tamoyili asosida bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik maoshlariga ko‘ra davlat byudjetiga keltiradigan iqtisodiy samaradorlik baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chegara bojxona postlarida moliyaviy riskni minimallashtirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro aeroportlardagi bojxona nazorati jarayonida bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri va to‘liq undirishga ta’sir etadigan moliyaviy risk ob’ektlarini tanlash mexanizmi yo‘lovchi tomonidan bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba huquqbuzarlik sodir etilganligi bo‘yicha yangi mezonlar kiritish taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining “OKA/OKA” maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 12/25-22-0011-son ma’lumotnomasi). Natijada aeroportlarda xizmat qilayotgan xodimlarda potensial moliyaviy risk sohalari to‘g‘risida oldindan ma’lumot paydo bo‘lishiga, bojxona organlarining cheklangan resurslaridan optimal foydalanish imkoniyati yaratilishiga hamda moliyaviy riskni aniqlash va uni minimallashtirish samaradorligini oshirishga imkon yaratgan;
xalqaro aeroportlardagi chegara bojxona postlaridan muntazam ravishda olib o‘tiluvchi tovarlar uchun deklaratsiya muddatini uzaytirish hamda bojxona nazorati jarayonini yengillashtirish orqali bojxona to‘loviga tortish bo‘yicha potensial moliyaviy riskni erta aniqlash taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 01-02/13-20-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 12/25-22-0011-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro aeroportlardagi chegara bojxona postlaridan muntazam ravishda olib o‘tiluvchi tovarlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini har tomonlama qo‘llab-quvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalana olish imkoniyatini kengaytirishga hamda bojxona nazorati jarayonini yengillashtirish orqali bojxona to‘loviga tortish bo‘yicha potensial moliyaviy riskni erta aniqlash imkoniyati yaratilgan;
xalqaro aeroportlarga uchib kelayotgan yo‘lovchilarning to‘lovga tortiladigan tovarlar bo‘yicha moliyaviy risk darajasini ularning yo‘l harakati bilan bog‘liq hujjatlarida oldindan va qo‘shimcha ma’lumotlarni yoritish orqali minimallashtirish taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 30 martdagi 79-son buyrug‘ida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 12/25-22-0011-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizga uchib kelayotgan yo‘lovchilarga nisbatan moliyaviy risk darajasini minimallashtirish maqsadida ularga oldindan, bojxona nazorati zonasiga kirmasdan turib mamlakatimiz hududiga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kiriladigan tovarlar normasi bo‘yicha ma’lumot berish imkoni yaratilgan;
xalqaro aeroportlarga uchib kelayotgan moliyaviy risk darajasi yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni tanlab olish tamoyili asosida bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik maoshlariga ko‘ra davlat byudjetiga keltiradigan iqtisodiy samaradorlikni baholash taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 30 martdagi 79-son buyrug‘ida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 12/25-22-0011-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona organlari tomonidan cheklangan resurslardan optimal foydalanilishi hisobiga davlat byudjetida qolishi ta’minlanadigan pul summasi va iqtisodiy samaradorlik hajmining tahlillar asosida baholanishiga erishilib, tejab qolingan pul summalarini boshqa tegishli sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish