Karayeva Yulduz Xushbakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda egoizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P320.
Ilmiy rahbar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Raximova Indira Igorevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda egoizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda uni susaytirish bo‘yicha psixokorreksion chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davridagi avtonomiyalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra alter Egoning shaxsni o‘ziga emotsional munosabatini kuchayishi va uning xulqqa proeksiyalanishi tufayli katta va kichik o‘smirlarda egoistik ustanovkalarning dinamik rivojlanishi asoslangan;
o‘smir xulq-atvorida egoizm namoyon bo‘lishida jins farqlari mavjudligiga ko‘ra, shaxsning o‘ziga integral munosabatini sinotonik muloqotga ekstroversiya-introversiya sifatlari negizida integratsiyasi tufayli egoistik ustanovkalarning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi dalillangan;
ota-onaning o‘smir shaxsida egoistik ustanovkalarni shakllanishiga ta’siriga ko‘ra bolaga emotsional integral yondashuvda al’truizmning konstruktiv muloqotga bog‘liq ravishda sust darajada namoyon bo‘lishi tufayli “simbioz”, “infantilizatsiya” munosabatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlarda egoistik ustanovkalarni bartaraf etish uchun empatiya, ijtimoiy persepsiya, ijtimoiy mas’uliyat hislarini shakllantirish orqali axloqiy tushunchalarni real xulq bilan identivligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra altruistik xulq rivojlanishida refleksiv komponent muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda egoizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlik davridagi avtonomiyalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra alter-Egoning shaxsni o‘ziga emotsional munosabatini kuchayishi va uning xulqqa proeksiyalanishi tufayli katta va kichik o‘smirlarda egoistik ustanovkalarning dinamik rivojlanishi asoslanganligi haqida ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22- dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning o‘smirlik davrida egoizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligini takomillashtirishga erishilgan;
o‘smir xulq-atvorida egoizm namoyon bo‘lishida jins farqlari mavjudligiga ko‘ra, shaxsning o‘ziga integral munosabatini sinotonik muloqotga ekstroversiya-introversiya sifatlari negizida integratsiyasi tufayli egoistik ustanovkalarning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda egoizmning namoyon bo‘lish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
ota-onaning o‘smir shaxsida egoistik ustanovkalarni shakllanishiga ta’siriga ko‘ra bolaga emotsional integral yondashuvda al’truizmning konstruktiv muloqotga bog‘liq ravishda sust darajada namoyon bo‘lishi tufayli «simbioz», «infantilizatsiya» munosabatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘smirlarda egoistik ustanovkalarni bartaraf etish uchun empatiya, ijtimoiy persepsiya, ijtimoiy mas’uliyat hislarini shakllantirish o‘qali axloqiy tushunchalarni real xulq bilan identivligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra al’truistik xulq rivojlanishida refleksiv komponet muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining markazining 2022- yili 22- dekabrdagi 10-son buyrug‘iga asosan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 22-dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning «o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda egoizmlikni korreksiyalash» borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.