Jo‘rayeva Xushruya Yaxyoxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Masofaviy ta’lim jarayonida odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3270.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Elmurotova Dilrabo Muxamatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim jarayonida odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning tayanch va kasbiy-sohaviy kompetensiyalarini elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga axborotlarni qayta ishlash va uzatish natijadorligini yo‘naltirish hamda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish komponentlarini o‘zaro adekvat moslashtirish asosida aniqlangan;
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talabalar iqtidori, qobiliyati va qiziqishlarini interaktiv dasturiy vositalar, interaktiv resurslar, multimedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar hamda o‘quv materiallari mazmunini ierarxik darajalash asosida takomillashtirilgan;
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari pedogogik kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini baholash, faol bilish faoliyatlarini jadallashtirish, mantiqiy fikrlash usullarini o‘zlashtirish hamda sanogen tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim usullarini faoliyati traektoriyasiga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasi virtual ta’lim muhitining asinxron imkoniyati hamda mustaqil ta’lim elementlarini kreativ kompetentlikka ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning tayanch va kasbiy-sohaviy kompetensiyalarini elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga axborotlarni qayta ishlash va uzatish natijadorligini yo‘naltirish hamda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish komponentlarini o‘zaro adekvat moslashtirish asosida aniqlashga oid takliflar “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani fanidan laboratoriya mashgulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2021yil 23-noyabrdagi 500-son buyurug‘i asosida berilgan 500-057 raqamli ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligi oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasi virtual ta’lim muhitining asinxron imkoniyati hamda mustaqil ta’lim elementlarini kreativ kompetentlikka ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani fanidan laboratoriya mashgulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2021yil 23-noyabrdagi 500-son buyurug‘i asosida berilgan 500-057 raqamli ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘quv faoliyatlarida interaktiv ta’lim resurslari bilan ishlash samaradorligini oshirish orqali Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish jarayonlarini tizimlashtirish imkonini bergan;
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talabalar iqtidori, qobiliyati va qiziqishlarini interaktiv dasturiy vositalar, interaktiv resurslar, multimedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar hamda o‘quv materiallari mazmunini ierarxik darajalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani fanidan laboratoriya mashgulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2021yil 23-noyabrdagi 500-son buyurug‘i asosida berilgan 500-057 raqamli ruxsatnomasi). Natijada talabalarning interaktiv dasturiy vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini tarkib toptirish hamda axborot kompetentligi darajasini baholash omillari aniqlangan;
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari pedogogik kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini baholash, faol bilish faoliyatlarini jadallashtirish, mantiqiy fikrlash usullarini o‘zlashtirish hamda sanogen tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim usullarini faoliyati traektoriyasiga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani fanidan laboratoriya mashgulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2021yil 23-noyabrdagi 500-son buyurug‘i asosida berilgan 500-057 raqamli ruxsatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzluksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega biolog-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligi ortgan.