Xayrullaev Dilshod Sunatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qishloq mahalla hududlarini arxitekturaviy loyihalashtirishni me’yoriy takomillashtirish», 18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/A45.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannon Abduraimovich, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Usmanov Muratxon Saidmaxmudovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “QISHLOQQURILISHLOYIHA” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq mahalla hududlarini arxitekturaviy loyihalashtirishni me’yoriy takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qishloq mahalla hududlari va aholi punktlarida noqonuniy qurilish holatlarini bartaraf etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, turar-joy hovlilari yer uchastkasidan optimal foydalanishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
qishloq mahalla hududlari va aholi punktlarini rivojlantirishning istiqbolli bosh reja loyihalarini ishlab chiqishda an’anaviy uy-joylar, mahallalar hamda madaniy meros ob’ektlarini saqlash, ta’mirlash orqali ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan;
qurilish sohasidagi davlat organlari quyi tizimlari, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari hamda loyihachi mutaxassis kadrlar malakaviy saviyasini oshirish tizmini takomillashtirish qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
noqulay ekstremal tabiiy iqlim sharoitidagi qishloq (ovul) mahalla hududlari va aholi punktlari landshaftini tiklash hamda landshaft dizaynini shakllantirishning zamonaviy usul va mexanizmlaridan foydalangan holda qishloqlar qiyofasini yaxshilash yo‘llari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston qishloq mahalla hududlarini arxitekturaviy loyihalashtirishni me’yoriy takomillashtirish asoslarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq mahalla hududlari, aholi punktlaridagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish orqali umumjamoa hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 467-sonli qarorida o‘z aksini topgan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Shaharsozlik kodeksi” (yangi tahrirda) loyihasining 1-moddasi “Asosiy tushunchalar” bo‘limining 29-xatboshini (o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek, imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk ob’ekti) va 30-modda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari” bo‘limining 13-xatboshisini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 6 martdagi 2201/1-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish tizimi joriy etilgan;
qishloq mahalla hududlari va aholi punktlarini rivojlantirishning istiqbolli bosh reja loyihalarini ishlab chiqishda an’anaviy uy-joylar, mahallalar hamda madaniy meros ob’ektlarini saqlash, rekonstruksiya qilish orqali ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha muallif takliflari O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi (yangi tahrir) loyihasi 8-moddasi (Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solishning) madaniy meros ob’ektlari hududlarining muhofaza zonalari chegaralari aholi punktlari va aholi punktlararo hududlarining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi, deb yozilgan 12-bandini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 6 martdagi 2201/1-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy an’anaviy qishloq hamda mahalla hududlarining istiqbolli bosh rejalarini loyihalashtirishda madaniy meros ob’ektlarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan foydalanish orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaygan;
arxitektura-qurilish sohasini boshqarish va loyihalash sifatini oshirishda takomillashgan kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bo‘yicha berilgan muallif taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 maydagi “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 451-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 6 martdagi 2201/1-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida ishlab chiqilgan innovatsion metodologik dasturlar asosida kadrlarning malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan; 
zamonaviy landshaft dizayni usullari va qurilmalaridan foydalangan holda noqulay tuproq – iqlim sharoitidagi qishloq mahalla hududlari hamda aholi punktlari landshaftini tashkillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan muallif tavsiyalari amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi 05-21-1188 – son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning turli xil tabiiy – geografik va iqlim zonalaridagi, noqulay tuproq – iqlim sharoitlaridagi qishloq (ovul) aholi punktlari landshaftining yaxshilanishi, jamoat markazlari hududlari, ko‘cha bo‘ylari landshaftini tashkillashtirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish