Valieva Madina Yunusovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Turli darajadagi kardiovaskulyar xavfi bo‘lgan populyasiyada yuqori qon bosim va uning xavf omillarining epidemiologiyasi» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3098.
Ilmiy rahbar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Saloxiddinov Odiljon Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida (Andijon shahar misolida) pregipertenziya, arterial gipertenziyaning epidemiologik hususiyatlarini baholash, shuningdek, yurak-qon tomir kontinuumining turli xil umumiy xavfi bo‘lgan gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda asosiy xavf omillari va ularning kombinatsiyasini baholashdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
natijalarni baholashning standart epidemiologik usullari va yagona mezonlaridan foydalangan holda ustuvor regional epidemiologik  va tibbiy-ijtimoiy 22 ta xavf omillari, ularning kombinatsiyasi va mehnatga layoqatli yoshdagi erkaklar va ayollar guruhida yurak-qon tomir kasalliklar rivojlanish xavfiga ta’siri  aniqlangan.
turli darajadagi AG mavjud bemorlarda, regional epidemiologik va tibbiy-ijtimoiy xavf omillarining, juda yuqori, yuqori, o‘rta va past rivojlanish darajali yurak-qon tomir xavfi, nishon a’zolar zararlanishi va assotsiirlashgan klinik holatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligi aniqlangan;
pregipertenziya va arterial gipertenziya bor populyasiyada, yurak-qon tomir kontinuumining umumiy havf darajasi bilan asosiy va qo‘shimcha havf omillari asoslangan;
regional xavf omillari va yurak-qon tomir kontinuumining rivojlanish xavfini hisobga olgan holda gipertoniya kasalligining o‘zbek ayol va erkak populyasiyasida birlamchi profilaktikasi uchun algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori qon bosimining epidemiologik, diagnostik, klinik va profilaktika jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan dissertatsiya tadqiqoti ma’lumotlari asosida:
arterial gipertenziyani oldini olish va erta aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Arterial gipertenziyaning birlamchi profilaktikasi va yurak-qon tomir kontinuumini erta prognoz qilish bo‘yicha mintaqaviy model» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Farg‘ona vodiysi aholisi misolida) (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 8n-z/486-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipertenziyaning epidemiologik, klinik, diagnostika va erta aniqlash jihatlarini optimallashtirish, aholining profilaktika dasturiga rioya qilish darajasini oshirish, gipertenziyaning prenozologik skrining aspektlari bilan bog‘liq gipertonik asoratlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan samarali profilaktika chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
arterial gipertenziyani oldini olish va erta aniqlashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Farg‘ona shahar 1-sonli ko‘p tarmoqli poliklinikasi va Namangan shahar 3-sonli ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 27 yanvardagi 8-01677-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gipertenziyani barvaqt aniqlashni takomillashtirish,  davolashning, epidemiologik va profilaktika jihatlarini samaradorligini oshirish, gipertoniya asoratlari ulushini kamaytirish, hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish