Usmanova Kamola Abdujabbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Danakli va urug‘li mevalarni turli usullarida quritishni ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx765.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Umidov Shavkat Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: M.M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi danakli va urug‘li mevalarni texnologik xususiyatlarini baholash va quritish texnologiyasining samarali usullarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rayonlashtirilgan o‘rik, olxo‘ri va olma navlaridan turli usullarda quritilgan mahsulotlar olishda harorat va vaqt me’yorlari ishlab chiqilgan, sun’iy quritish qurilmasida jarayon 3 bosqichda olib borilishi, 1-bosqichda 70°S haroratda 240 daqiqa, 2-bosqich esa 55-60°S hararoratda 240 daqiqa, 3-bosqichda 80°S haroratda 120 daqiqa davomida quritilishi nati-jasida eng maqbul sifatdagi quritilgan mahsusulot olinishi aniqlangan;
tanlab olingan o‘rik, olxo‘ri va olma navlari mevalarini quritilib tayyorlangan turli mahsulotlarning sifati va miqdori quritish usuli, nav xususiyatiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
quritilgan mevalarning organoleptik xususiyatlari yuqori bo‘lishi quritish usuliga bog‘liq ekanligi isbotlangan va eng yuqori – 97,6 balli ko‘rsatkich Kursadik navida yormasdan, danaksiz xolida quritilganda, issiqlik manbali quritish qurilmasida bo‘lishi asoslangan;
quritilgan mevalarning biokimyoviy tarkibi dastlabki holatdagiga qaraganda farq qilsada, foydali komponentlarni saqlanib qolishi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Danakli va urug‘li mevalarni turli usullarda quritishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
tanlangan o‘rik navlarini ekish, hosilini turli usul va muddatlarda quritish ishlanmasi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Zarnigor Muxlisa” va “Bo‘z Qorag‘oyli” “Yonar Olma” fermer xo‘jaliklarida 6,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi № 02/029-8 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rikni “Yubileyniy Navoiy”, “Arzami” va “Kursadik” navlarining mevalari butunligicha quritilganda chiqishi – 17 %, ikki pallaga ajratib danaksiz holatda quritilganda 18%, yormasdan danaksiz holatda quritilganda 21% quritilgan mahsulot olingan. Quritilgan mahsulotlarini realizatsiya qilishda, butunligicha quritilganda – 54 mln. so‘m/ga, ikki pallaga ajratib danaksiz quritilganda – 92 mln. so‘m/ga hamda yormasdan danaksiz quritilganda – 62 mln. so‘m/ga daromad olingan. O‘rik navlarini yormasdan danaksiz quritilgan mahsulot boshqa quritilgan mahsulotlarga nisbatan 70-108 mln. so‘m ko‘proq iqtisodiy samara bergan;
Olxo‘ri navlarining mevasini tabiiy usulda quritish ishlanmasi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Qorago‘yli Uzumzori”, “Qorago‘yli Zilol Suvlari” va “Tashabbuskor” fermer xo‘jaliklarining 9,0 ga maydonda etishtirilgan mevalarini quritishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi № 02/029-8 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida olxo‘rining “Chernosliv Samarkandskiy”, “Ispolinskaya” va “Yarxi” navlari mevalarini tabiiy usulda quritganda danakli mahsulot chiqishi – 26 %, danaksiz – 21 % ni tashkil qilgan. Olxo‘ri navlarining tabiiy usulda quritilgan maxsulotini realizatsiya qilishda 53 mln so‘m/ga daromad olingan bo‘lsa, danaksiz quritilgan maxsulotni realizatsiya qilishda 72 mln so‘m/ga yoki danakli quritilgan maxsulotga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 19 mln so‘mni tashkil etgan.
Olxo‘ri navlarining mevasini quyosh tonelli (QBVT) uskunasida quritish ishlanmasi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Qorago‘yli Uzumzori”, “Qorago‘yli Zilol Suvlari” va “Tashabbuskor” fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan 4 t mevalarini quritishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi № 02/029-8 son ma’lumotnomasi). QBVT tizimli uskunada quritganda danakli maxsulot chiqishi – 30 % hamda danaksiz – 25 % ni tashkil etgan. QBVT tizimli uskunada quritilgan danakli mevadan – 61 mln. so‘m/ga, danaksiz mevadan esa – 85 mln. so‘m/ga daromad olingan. Olxo‘ri navlarini tabiiy usulda quritib, mahsulot tayyorlashga nisbatan QBVT tizimli uskuna danaksiz mahsulotlar tayyorlashda 13 mln. so‘m ko‘proq iqtisodiy samara berishi aniqlangan.