Turdieva Feruzaxon Tirkashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati sharoitida bargli salat (Lactuca sativa L.var. crispa) navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx708.
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida bargli salat nav namunalari to‘plamini morfo-biologik, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash, istiqbolli navlarni ajratish, bahorgi maqbul ekish muddatlari, ekish sxemalari va birlamchi urug‘chilik texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida 12 ta bargli salat nav namunalari to‘plamini qimmatli va xo‘jalik muhim belgilari tadqiq etilib, istiqbolli (Kok-shox, Xolodok, Granatoviy sad) navlari ajratilgan;
bargli salatni fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida (20 fevral) (40+20):2x20 sm sxemada va 0,06 m2 oziqlanish maydonida ekib etishtirish, ushbu ko‘kat sabzavotdan erta, yuqori va sifatli hosil olish imkonini berishi aniqlangan;
bargli salatda “barg to‘plami massasi” ko‘p holatda “barg eniga” (yuqori r=0,84), ba’zi hollarda esa “o‘simliklarning balandligiga” (past r=0,43), “barg to‘plami diametriga” (o‘rtacha r=0,50) va “barg uzunligiga” (o‘rtacha r=0,56) o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida bargli salatning Kok-shox, Xolodok, Granatoviy sad navlaridan urug‘ olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyati sharoitida bargli salat navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Andijon viloyati sharoitida bargli salat (Lactuca sativa L.) nav namunalarini etishtirish bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 07/33-04/8453 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma tomorqa er egalari, sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida bargli salat etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Andijon viloyati sharoitida bargli salat nav namunalari to‘plamini qimmatli va xo‘jalik muhim belgilarini aniqlash va istiqbolli navlarini etishtirish texnologiyasi ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tumani “Agro Zamin Imkoni” fermer xo‘jaligida 0,72 gektar, Izboskan tumani “Moygir Dilshod” fermer xo‘jaligida 0,26 gektar, “Izboskan sara don paxtasi” fermer xo‘jaligida 0,32 gektar, Xo‘jaobod tumani “Agrofirma quvatmurod” fermer xo‘jaligida 0,60 gektar, jami 1,9 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 07/33-04/8453 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Kok-shox” navidan 22,0 t/ga, “Xolodok” navidan 38,0 t/ga, “Granatoviy sad” navidan 32,5 t/ga hosil olingan. Nav namunalaridan olingan sof daromad 72-179 mln. so‘m, rentabellik 88,7-206% ni tashkil etgan;
bargli salatni bahorgi ekish muddatlarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Asaka tumani, “Qoratepa uzum shingili” fermer xo‘jaligida 0,45 gektar, Izboskan tumani “Ergashboy qochqarov niyati” fermer xo‘jaligida 0,51 gektar, Xo‘jaobod tumani “Mirolim Ota” fermer xo‘jaligida 0,64 gektar, jami 1,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 07/33-04/8453 son ma’lumotnomasi). Natijada 1 mart muddatida ekilganda “Granatoviysad”navidan gektariga 24,7 s/ga, “Kok-shox” navida 26,6 s/ga, “Xolodok” navida 29,4 s/ga hosil etishtirilgan. Rentabellik darajasi 1 mart ekish muddatiga nisbatan navlar kesimida o‘rtacha 22,3; 23,9; 25,7% ga yuqori bo‘lgan;
bargli salat nav namunalarini lentasimon qo‘sh qatorlab ekish sxemalarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Asaka tumani “Asadbek Azizbek omadli bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,60 gektar, Izboskan tumani “Izboskan sara don paxtasi” fermer xo‘jaligida 0,45 gektar, Xo‘jaobod tumani “Islombek Jo‘rayev bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,54 gektar, jami 1,59 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 07/33-04/8453 son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik nazorat sxemasiga nisbatan (40+20):2×20 ekish sxemasida 3,0-5,0 t/ga yuqori bo‘lgan va sof daromad 39-90 mln so‘mni tashkil etgan.