Lukova Iroda Mamadalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka navlarining hosildorligi, urug‘lik tuganaklar chiqimi va ko‘payish koeffisientiga turli ekish sxemalarining ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx970.
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSs.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Elmurodov Abdug‘ani Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraximov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi  tuproqlari sharoitida kartoshka yirik tuganakli navlarini ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida turli ekish sxemalarida o‘rganish asosida istiqbollilarini ajratish hamda maqbul ekish sxemasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka navlari (Sylvana, Saviola, Evolution, Arizona, Picasso, Gala, Bog‘izog‘on) maqbul ekish sxemalarida (90x15sm, 90+30x22 sm) o‘stirilganda yuqori sifatli tovar (31,0-50,3t/ga) va urug‘bop (16,6-23,0 t/ga) hosil etishtirish agrotexnologiyalari takomillashtirilgan;
kartoshka navlari ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida turli ekish sxemalarida o‘stirilganda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi (baland bo‘yli- 66,7-102,8 sm, serpoyali-3,0-4,7 dona, barg sathili- 0,75-0,98 m2) va hosil shakllanishi (eng baquvvat palakli- 318,4-358,6 g, ildiz massali- 34,5-38,0 g, yuqori tuganak hosili- 701,1-770,4 g) aniqlangan;
turli ekish sxemalarida kartoshka navlari umumiy (25,5-50,4 t/ga), tovar (24,6-50,3 t/ga) va urug‘bop (10,3-23,0 t/ga) hosil chiqimi, ko‘payish koeffisienti (2,9-6,0) aniqlangan;
ikkihosilli ekin sifatida kartoshka navlari hosili yozda yangi kovlangan tuganaklardan qayta ekilganda dala unuvchanligi (95% va ziyod), begona o‘tlar bilan ifloslanish darajasi (2 balldan oshmaganligi), poya shakllanishi (3,0-3,7 dona), barg sathi  (0,82-0,97 m2) hosil bo‘lishi, undagi xlorofill miqdori (6,2-20,0 mg 100 gramm bargda ko‘p saqlashi) hamda fotosintez sof mahsuldorligi (5,26-6,50 g/m2 sutkada bo‘lishi) va hosildorligi (31,0-38,7 t/ga) aniqlangan; 
ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka ajratilgan navlarini maqbul ekish sxemalarida o‘stirishning iqtisodiy samaradorligi (an’anaviy ekish sxemasi va standart Sante naviga nisbatan qo‘shimcha 4,6-13,1 mln.so‘m sof foyda va 4,4-10,3 % rentabellikni ta’minlagani) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshka navlarini ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida o‘stirishda maqbul ekish sxemasi va parvarishlash tadbirlarini qo‘llashga imkon beruvchi texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Samarqand viloyati sharoitida kartoshka navlarini ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida o‘stirishning qulay ekish sxemasi va parvarishlash tadbirlariga oid tavsiyalar»  tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 18.10.2022 yildagi №07/33-04/7578-son ma’lumotnomasi). Bunda fermer va dehqon xo‘jaliklarida ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka o‘rtatezpishar navlarini etishtirish texnologiyasi sifatida xizmat kiladi;
kartoshkaning o‘rtatezpishar Sante, Gala, Bog‘izog‘on, Sylvana, Saviola va Arizona navlarini ertagi ekin sifatida Oqdaryo tumani “Dahbed mo‘l-hosili” fermer xo‘jaligida 3,7 ga, Toyloq tumani “Elbek-Shukurona” fermer xo‘jaligi sharoitida 6,0 ga, jami 9,7 ga maydonga kengqatorlab 90x15 sm va qo‘shqatorlab 90+30x22 sm sxemalarda ekish texnologiyasi joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 18.10.2022 yildagi №07/33-04/7578-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkaning har gektaridan navlar bo‘yicha 27,0-40,8 tonnagacha tovar hosildorlikka, 11,0-23,04 mln. so‘mgacha sof daromad va 29,3-45,7% rentabellikka erishilgan;
ikkihosilli ekin sifatida esa yuqoridagi  fermer xo‘jaliklarida, mos ravishda, 5,0 va 4,9 ga, jami  9,9 gektar maydonda kengqatorlab 90x15 sm va qo‘shqatorlab 90+30x22 sm sxemalarda ekish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 18.10.2022 yildagi №07/33-04/7578-son ma’lumotnomasi). Natijada 25,6-36,5 tonnagacha tovar hosildorlikka, 14,8-23,6 mln. so‘mgacha sof daromad va 47,7-56,1% rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish