Aliev Azizjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy malumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir kechuvchi husnbuzar kasalligini patogenetik davolashni optimallashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib907.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasallikning klinik shakllariga bog‘liq holda og‘ir kechgan akne kasalligining patogenetik terapiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
akne darajasini baholash uchun ADI (Al`fa Kronbax 0,982) uslubi eng ko‘p qo‘llaniladigan GAGS (alfa Kronbax 0,984) uslubidan kam emasligi aniqlangan, shu asosda dermatologning kundalik amaliyotida akne og‘irligini aniqlash uchun ADI samaradorligi isbotlangan;
yuzning T va U zonalarida teri yog‘ining oshishi, porfirinlar va porfirinli koeffisient darajasining ko‘tarilishi qizil flyuoressensiya yordamida aniqlangan, shuningdek teri rN darajasi (6,34±0,02) bilan yuzdagi yog‘ darajasi (128,90±0,73) oshishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik (r=0,668) mavjudligi, shuningdek, porfirinlar va porfirin koeffisienti darajasi oshishi (2,9 marta va 1,7 martaga) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan, ushbu usul bilan shikastlanish o‘choqlarida P.acnes mavjudligi isbotlangan;
akne og‘ir kechishi bilan bemorlarning hayot sifati indeksi (CADI va DIKJ) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq mavjudligi (r=0,58, p<0,01) va kasallikning og‘ir kechish jarayoni bilan bog‘liqlik yo‘qligi isbotlangan;
og‘ir kechuvchi akne bo‘lgan bemorlarni davolashda past dozada izotretinoinni immunomodulyator timopentin bilan birgalikda (PPAda 79,7%, KAda 75,2%) qo‘llash, ushbu dorilarni aloxida qo‘llashga nisbatan (izotretinoin PPA da 54,4%, KAda 48,4% va timopentin PPAda 28,8%, KAda 28,9%) davolash samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemordarda xusnbuzar og‘ir kechishining klinik, biokimyoviy va immunologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemordarda husnbuzar og‘ir kechishining patogenetik davolash samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Og‘ir kechgan akneni davolash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-z/352-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘ir xusnbuzar bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, kasallikning klinik holatini yaxshilanishga va noxush oqibatlarini kamaytirish imkonini bergan;
husnbuzar og‘ir kechgan bemorlarda klinik-immunologik tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati xududiy filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 26 yanvardagi 08–01660-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi og‘ir darajadagi akne mavjud bemorlarda terapevtik samaradorligini oshirish va davolash muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.