Klebleeva Guzal Davlyatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda dermatologik belgilarning klinik kechish xususiyatlari”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1PhD/Tib1831.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Rasim Mindraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan dermatologik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechishi, mikroelementli va immun o‘zgarishlarining xususiyatlarini aniqlash orqali davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postkovid davrning eng ko‘p yuz beradigan dermatologik o‘zgarishlari soch to‘kilishi rivojlanish chastotasining yuqoriligi (49,2%) isbotlangan;
SARS-CoV-2 dan so‘ng barcha bemorlarning organizmida immunomodulyator essensial ME miqdori nazorat qiymatlari bilan solishtirganda rux 1,08 barobarga, selen 2,14 barobarga kamayishi va immunitet uchun toksik elementlarning, jumladan, xlor 1,36 barobarga, brom 1,34 barobarga ko‘payishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasidan keyin dermatologik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarning aksariyatida gumoral immunitet faolligi oshishi va hujayraviy immunitet susayishi kuzatilgan, bu G, A immunoglobulinlar fraksiyalarining, IL-1, 2, 6, TNF-α oshishi va T-limfotsitlar darajasining me’yordan 20,8% ga pasayishi va V-limfotsitlar darajasining me’yordan 39,3% ga ko‘payishi isbotlangan;
SARS-CoV-2 (COVID-19) keyin dermatologik o‘zgarishlarning mikroelement status va immunologik status ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda kompleks davolashga qo‘shimcha Komplivit, Immunotsink va Levamizol bilan samarali davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasidan keyingi dermatologik holatlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koronavirus infeksiyasidan keyingi dermatologik o‘zgarishlarni tashxislashning klinik va spektrometrik usullarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Koronavirus infeksiyasidan keyingi dermatologik o‘zgarishlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/35-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma koronavirus infeksiyasidan keyingi dermatologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirish imkonini bergan;
koronavirus infeksiyasidan keyingi dermatologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro va Andijon viloyatlari teri-tanosil dispanserlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 08-01471-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi koronavirus infeksiyasidan keyin dermatologik belgilarni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarni davolashning to‘g‘ri taktikasini ishlab chiqish, ularning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash, bemorlarni erta faollashtirishni ta’minlash, kasallikning residivi rivojlanishini oldini olish va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini bergan.