Bebitov Raximjon Ro‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kambag‘allashgan baza sohali yarimo‘tkazgich strukturalar termosezgirligining xususiyatlari”, 01.04.10–«Yarimo‘tkazgichlar fizikasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/FM281.
Ilmiy rahbar: Yodgorova Dilbara Mustafaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Kaxar Pattaxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qo‘chqarov Qudratulla Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Qaraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aniqlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan kremniy diodli termodatchigi ishlab chiqish va uning termometrik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba xona temperaturasida kremniy asosli diodli termodatchiklarda ishchi toki 1 mkA ga teng bo‘lgan holatda, tok qiymatining 1% ga o‘zgarishi ± 0,11 °C o‘lchov xatoligiga, uning 10% ga o‘zgarishi esa ± 1,08 °S gacha o‘lchov xatoligiga olib kelishi va o‘lchov aniqligi noideallik koeffisientining texnologik sochilishiga bog‘liqligi, hamda ishchi toki 1 mkA ga teng bo‘lganda, noideallik koeffisienti qiymatining 1% ga o‘zgarishi  ± 0,35 °C o‘lchov xatoligiga, 10% ga o‘zgarishi esa  ± 3,6 °S gacha o‘lchov xatoligiga olib kelishi aniqlangan;
ilk marotaba chiziqli vol`t-temperatura xarakteristikaga ega teskari yo‘nalishda ulangan p-n-o‘tishli termodatchigining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda baza sohasining to‘liq kambag‘allashish kuchlanishi temperaturani o‘lchovchi potensial sifatida qo‘llash taklif etilgan;
taklif qilingan chiziqli vol`t-temperatura xarakteristikali termo-datchigida baza sohasini to‘liq kambag‘allashish kuchlanishi tashqi manba kuchlanishining o‘zgarishiga bog‘liq emasligi nazariy va tajriba asosida ko‘rsatilgan, hamda -180 dan 180 oS gacha bo‘lgan temperatura oralig‘ida tajribada tekshirilib, termodatchikning temperaturaga sezgirligi butun temperatura intervalida +2.18 mV/oS  ga tengligi aniqlangan;
taklif qilingan chiziqli vol`t-temperatura xarakteristikali termodatchigi va an’anaviy diodli termodatchiklarini qiyosiy o‘rganish asosida ularning temperatura sezgirligiga texnologik va material parametrlarning ta’sirlarini tavsiflovchi analitik ifodalar keltirib chiqarilgan;
taklif qilingan termodatchigining p+-n-p strukturasi uchun ushbu strukturadagi kirishmalar diffuziya jarayonlarini modellashtirish asosida n-soxadagi kiritma taqsimotini parabolik deb hisoblash mumkinligi, ammo ushbu parabola assimetrik bo‘lib, maksimal konsentratsiya nuqtasi «yuqoridagi» r+-soha tomon siljishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Baza sohasi to‘liq kambag‘allashgan diod strukturalarning temperaturaga sezgirligi  xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yarimo‘tkazgichli termodatchiklar olish bo‘yicha «Yarimo‘tkazgichli termodatchik»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 01626, 2021 y). Natijada ishlab chiqilgan termodatchigi tomonidan energiya sarfini kamaytirish va uning o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bergan;
baza sohasi to‘lik kambag‘allashgan strukturalarla o‘lchov parametri sifatida baza sohasi kambag‘allashish kuchlanishini qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar «FOTON» aksionerlik jamiyatida kam quvvatli kremniyli termodatchiklari texnologiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Uzeltexsanoat» uyushmasining 2021 yil 19 noyabrdagi 04-3/2452-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish iste’mol quvvati kam va takrorlanuvchanligi yuqori bo‘lgan termodatchik ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish