Nosirov Iqboljon Qobiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Takroriy ekilgan soya navlaridan mo‘l va ertaki hosil olish agrotexnologik elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 –O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx798.
Ilmiy rahbar: Teshayev Fatullo Juraqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Xusniddin Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ikmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida parvarishlanayotgan yangi mahalliy soya navlaridan ertaki hamda yuqori hosil olishda agrotexnologiya elementlarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida ekib kelinayotgan ertapishar hamda o‘rta-ertapishar yangi mahalliy soya navlaridan ertaki, yuqori sifatli don hosili yetishtirish uchun maqbul ko‘chat qalinligi hamda dukkaklar 50-55% va 60-65% pishib yetilgan muddatlarda defoliant qo‘llash me’yorlari aniqlangan; 
soya dukkaklarining erta pishib yetilishini ta’minlash maqsadida UzDEF defoliantining samaradorligi ilmiy-nazariy tomondan asoslangan;
soya navlarining ko‘chat qalinligi hamda defoliant qo‘llash muddatlari va me’yoriga bog‘liq holda don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari ortishi, ya’ni 1,1-6,7 s/ga don hosili, 0,1-1,5% gacha oqsil miqdori oshganligi aniqlangan;
soya ekinining barglarini to‘kilishiga, donlarining pishishi, bir dukkakdagi don vazni, don hosildorligi hamda donning sifat ko‘rsatkichlariga UzDEF defoliantini 3,4 va 5 l/ga me’yorlarda qo‘llnilganda ijobiy ta’siri va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takroriy ekilgan soya dukkaklarini biologik yetilishini inobatga olgan holda UzDEF defoliantini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Soya dukkaklarining biologik yetilishiga qarab defoliantni qo‘llash borasida «Takroriy ekin sifatida ekilgan soya defoliatsiyasini sifatli o‘tkazish» mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 oktabrdagi 07/27-04/7371-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyatining paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlarda soyadan yuqori, ertaki va sifatli hosil yetishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Soya navlarining dukkaklarini biologik yetilishini inobatga olgan holda maqbul qo‘llash me’yori va muddatlarda defoliantni qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyati, Paxtaobod hamda Oltinko‘l tumanlarida jami 74,6 gektar maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 oktabrdagi 07/27-04/7371 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida soyaning Oyjamol navini yakka qator usulda ekib, nazariy ko‘chat qalinligi 400-500 ming tup/ga belgilangan, dukkaklar 50-55% pishib yetilganda UzDEF defoliantini 3 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 27,2 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 62,5% ga, shu navning urug‘larini qo‘shqator usulida ekib, nazariy ko‘chat qalinligi 600-700 ming tup/ga dukkaklar 60-65% pishib yetilganda UzDEF defoliantini 5 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 28,0 s/ga don hosili olishga erishilib, rentabellik darajasi 64,3% ga teng bo‘ldi.
Soyaning To‘maris MAN-60 navini urug‘larini yakka qator usulda ekib, nazariy ko‘chat qalinligi 400-500 ming tup/ga, dukkaklar 50-55% pishib yetilganda UzDEF defoliantini 4 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi Oltinko‘l tumanida 31,9 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 oktabrdagi 07/27-04/7371 son ma’lumotnomasi). Natijada 23,8 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 54,5% ga, urug‘larni qo‘shqator usulda ekib, nazariy ko‘chat qalinligi 600-700 ming tup/ga belgilangan, dukkaklar 60-65% pishib yetilganda UzDEF defoliantini 5 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 26,2 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 60,2% ga teng bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish