Elmuratov Iskandar Urazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir bitishmali ichak tutilishi jarrohligida klinik-morfologik parallellar», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2916.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Dilshod Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: klinik vaziyatning og‘irligini intraoperativ baholashga bog‘liq xolda operativ davolash usulini tanlashga differensial yondashuv orqali o‘tkir bitishmali ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bitishmali ichak tutilishida qorin bo‘shlig‘ining intraopreatsion holatiga bog‘liq holda kasallikning og‘irlik darajasini klinik baholash tizimi ishlab chiqilgan;
bitishma jarayonining og‘irlik darajasini vizual va morfologik baholashga qarab davolash (bitishmalarni kesish, ichakni rezeksiya qilish, aylanib o‘tuvchi entero-enteroanastomozlarni qo‘yish) hamda bitishma xosil bo‘lishini qaytalanishini oldini olish uchun profilaktik (intraopresion ravishda qorin bo‘shlig‘iga turli xil vositalarni kiritish) chora-tadbirlari asoslangan;
bir vaqtning o‘zida oshqozon-ichak traktining dekompressiyasini ta’minlashga xamda entero-enteroanastomoz choklari etishmovchiligi xavfini oldini olishga imkon beruvchi enteral zond takomillashtirilgan;
o‘tkir bitishmali ichak tutilishida kasallikning og‘irlik darajasiga, qorin bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonining xususiyati va tarqalishiga bog‘liq holda davolash-profilaktik chora-tadbirlar asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir bitishmali ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bitishmali ichak tutilishini tasniflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bitishmali ichak tutilishini tasniflashga zamonaviy yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40020-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar optimal davolash taktikasini tanlash xisobiga o‘tkir bitishmali ichak tutilishini davolash natijalarini yaxshilashga, shuningdek, tashrixdan keyingi asoratlarni 20,3%dan 8,9%ga, o‘lim ko‘rsatkichini esa 6,1%dan 3,2%ga kamaytirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filialiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40020-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari bitishmali ichak tutilishida xirurgik aralashuvning adekvat xajmini xamda qorin bo‘shlig‘idagi patologik jarayonning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda bitishmalar xosil bo‘lishini intraoperatsion samarali oldini olish usulini tanlashga, kasallikning tasnifini takomillashtirishga va davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan.