Aripova Dilnoza Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining rakoldi kasalliklarini tashhislashni optimallashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1225.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.28.12.2017.Tib. 59.01.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bekjanova Olga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saratonoldi kasalliklarining erta kaminvaziv tashhislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
470-800 nmgacha bo‘lgan uzun to‘lqinli ko‘k spektrli nurlantirishdan foydalangan holda saraton oldi jarayonlari rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining xavfga moyil yonoqning chekka qismida yoki retromolyar sohalarda qayt qilinishi asoslangan;
epiteliotsitlarning morfologik tuzilishiga qarab og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini emitatsiyali nurlantirishni o‘zgartirishning ahamiyati isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi xavfli o‘smaga aylanish jarayonlarining patomorfologik alomatlarini sitologik usullarning o‘ziga xosligi asosida baholash zarurati asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarida patologik jarayonlarni erta tashxislashning maqbul noinvaziv algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini tashhislash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini tashhislashda autofluoressent stomatoskopiyaning o‘rni va ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 8-n/z 553-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini tashhislashda autofluoressent stomatoskopiyaning o‘rni va ahamiyatini asoslashga imkon bergan.
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini erta tashhislash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini skrining-tashhislash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 8-n/z 1329-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar klinik va sitologik mezonlar asosida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini tashhislash imkonini bergan.
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini erta tashhislash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “4-stomatologiya poliklinikasi” MChJ, Respublika ixtisoslashtirilgan “Onkologiya va radiologiya” ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali amaliy faoliyatiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 08-00183-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari xavfli o‘smaga aylanish jarayonlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratonoldi kasalliklarini tashhislashni takomillashtirishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, og‘iz bo‘shlig‘i saratoni rivojlanishining oldini olishga imkon yaratgan.