Siddikova Sadoqat G‘affarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda maxsus fanlardan elektron ta’lim resurslarining yangi avlodini yaratish va amalda tatbiq etish metodikasi (“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanini o‘qitish misolida)., 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1039.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maxsus fanlardan elektron ta’lim resurslarining yangi avlodini yaratish va amalda tatbiq etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda elektron ta’lim resurslarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanib o‘qitishning metodik modeli loyihalovchi, mazmunli-protsessual hamda natijaviy komponentlarini virtual muhit sharoitiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
vizuallik va mantiqiylikning intensiv rivojlanishiga qaratilgan “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanidan mashg‘ulotlarning tiplari, yangi materiallarni, amaliy topshiriqlarni bajarish va bilim hamda malakalarni korreksiyalash bo‘yicha informatsion nazorat modullari ishlab chiqilgan;
“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini loyihalash, amaliy, nazorat elektron o‘quv modullari bilan ishlashda ijodiy fikrlash, analiz, sintez, mujassam¬lashtirish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi topshiriqlar asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim resurslarining strukturasi, funksiyalari, imkoniyatlari va o‘quv jarayonida joriy etishning adaptivlik darajasi tematik elementlarning variativligi hamda nazariy va amaliy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. professional ta’limda maxsus fanlardan elektron ta’lim resurslarining yangi avlodini yaratish va amalda tatbiq etish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
elektron ta’lim resurslarining strukturasi, funksiyalari, imkoniyatlari va o‘quv jarayonida joriy etishning adaptivlik darajasi tematik elementlarning variativligi hamda nazariy va amaliy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib optimallashtirilgan yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi 73-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali bilan hamkorlikda “Xo‘jalik boshqaruvi va davlat organlari xodimlarini zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, hamda kompyuter texnikasi va internet tizimida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha malakasini oshirish” o‘quv kurslarini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur kurs mutaxassislarni axborot savodxoniligi darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini loyihalash, amaliy, nazorat elektron o‘quv modullari bilan ishlashda ijodiy fikrlash, analiz, sintez, mujassam¬lashtirish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi topshiriqlar asosida takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 2 fevraldagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun yo‘nalishlar va kasblar bo‘yicha zarur bo‘ladigan me’yorlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 38-sonli buyrug‘iga muvofiq 3311901-“Neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi”, 3311902-“Neft va gaz quduqlarini sinash texnigi”, 3340404- “Magistral, mahalliy va tarmoq quvurlarini montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash mexanigi” kasblari ta’lim jarayonida zarur bo‘ladigan jihozlar va vositalar me’yorlari tarkibiga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yorlar ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qilgan;
vizuallik va mantiqiylikning intensiv rivojlanishiga qaratilgan “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanidan mashg‘ulotlarning tiplari, yangi materiallarni, amaliy topshiriqlarni bajarish va bilim hamda malakalarni korreksiyalash bo‘yicha informatsion nazorat modullari ishlab chiqilgan takliflar AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, sifatini yaxshilash” (2019-2020-yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus fanlarini chuqur o‘qitish orqali malakali muhandis kadrlar tayyorlashda o‘quv jarayoniin tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda elektron ta’lim resurslarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanib o‘qitishning metodik modeli loyihalovchi, mazmunli-protsessual hamda natijaviy komponentlarini virtual muhit sharoitiga moslashtirish yuzasidan takliflar Buxoro viloyatining Buxoro neft va gaz sanoati kollejida, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona neft va gaz sanoati kollejida va Qashqadaryo viloyati G‘uzor sanoat texnikumida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-37-son ma’lumotnomasi). Integrativ model va uning ilmiy-metodik ta’minoti bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.