Turabov Abdurayim Malikovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik sintaksis muammolari”, 10.00.01 – O‘zbek tili, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil407.
Ilmiy maslahatchi: Turniyozov Nigmat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Huriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek tili materiali asosida kichik sintaksisni tizimlashtirishning nazariy asoslarini belgilash hamda ularning sintaktik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida so‘z va matn ham sintaksisning tekshiruv obyektiga kiritilgandan so‘ng, sintaksisning lingvistik maydoni kengayganligi sababli, katta va kichik sintaksisga bo‘lish orqali an’anaviy tilshunoslikdagi qarashlarni derivatsion, izomorfizmik, presuppozisiya aspektidagi yondashuvlar bilan boyitilishi zarurligi isbotlangan;
kichik sintaksis tizimining nazariy asoslari tilshunoslikda shakllangan atomar predikat vositasida sintaktik derivatsiya sodir bo‘lishi, sodda yasama va qo‘shma, juft, takroriy, murakkab so‘zlar, turg‘un so‘z birikmalari, turg‘un so‘z birikmalari shaklidagi frazemalar va parafrazalarning mikrosintagmatik munosabatga kirishishi jarayonidagi lisoniy belgilari ochib berilgan;
kichik sintaksis voqelangan modellar tizimida sintaktik munosabatlarni shakllantiruvchi sifatlovchi-sifatlanmish, qaratqich-qaralmish, aniqlovchi-aniqlanmish, hol-hollanmish, to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, kesim-undalma, ega-kesim kabi so‘zlarning sintagmatik aloqasi dalillangan;
so‘z ichidagi mikrosintaktik munosabatlarda leksik derivatsiya orqali sintaktik munosabat voqelanishi, kichik sintaksisda tayanch vosita operator yetakchilik qilishi ochib berilib, ularning o‘ziga xos leksik-semantik va derivatsion tamoyillari asoslangan;
sintagmatik va sintaktik munosabatlar sintaktik aloqani shakllantiruvchi belgi tarzida bir-biridan farq qiluvchi sintaktik birliklar maqomini belgilovchi til hodisalari hisoblanishi, sintagmatik munosabat hosil qilinishi uchun tilning ikki tarkibi bir paytda, bir so‘z ichki tuzilishi jarayonida, sintagmatik qatorda gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin qo‘shilishi, sintaktik munosabat esa yasama so‘zlar doirasida morfemalar, qo‘shma so‘zlar doirasida so‘zlar, gap doirasida ham so‘zlar va matn doirasida gaplar orasida sodir bo‘lishi ochib berilgan;
qo‘shma so‘zlar semantik derivatsion jihatdan ko‘chma ma’no ifodalashi orqali ibora bo‘lib kelishi aniqlanib, ular frazeologiyalashgan lug‘aviy birliklar hisoblanishi, birgina so‘zlar misolida perefraza kabi frazeologiyalashgan lug‘aviy birliklar hosil qilinishi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘z ichidagi mikrosintaktik munosabatlarda atomar predikat orqali sintaktik munosabat voqelanishining derivatsion xususiyatlari va kichik sintaksis tizimining nazariy asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
o‘zbek tilshunosligida so‘z va matn ham sintaksisning tekshiruv obyektiga kiritilgandan so‘ng sintaksisning lingvistik maydoni kengayganligi sababli, katta va kichik sintaksisga bo‘lib o‘rganish orqali an’anaviy tilshunoslikdagi qarashlarni derivatsion, izomorfizmik, presuppozisiya aspektidagi yondashuvlar bilan boyitilishi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihaning nazariy qismini yoritishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 151/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik sintaksis voqelangan modellar tizimi sintaktik tahlil etishga erishilgan;
kichik sintaksis tizimining nazariy asoslari tilshunoslikda shakllangan atomar predikat vositasida sintaktik derivatsiya sodir bo‘lishi, sodda yasama va qo‘shma, juft, takroriy, murakkab so‘zlar, turg‘un so‘z birikmalari, turg‘un so‘z birikmalari shaklidagi frazemalar va parafrazalarning mikrosintagmatik munosabatga kirishishi jarayoni, asosiy nominativ birlik sifatidagi morfo-sintaktik lisoniy belgilarini yoritishda berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 75/1-son). Natijada xalq og‘zaki ijodi namunalarini sintaktik, semantik jihatdan tahlil etishga erishilgan;
so‘z ichidagi mikrosintaktik munosabatlarda leksik derivatsiya orqali sintaktik munosabat voqelanishi, kichik sintaksisda tayanch vosita operator yetakchilik qilishi ochib berilib, ularning o‘ziga xos leksik-semantik va derivatsion tamoyillari shakllanishiga oid ilmiy qarashlar va xulosalardan uni xalqarolashtirish maqsadida 561624-YERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining amaliy qismida foydalanilgan (SamDCHTI ning 2022-yil 22-fevraldagi 303/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik sintaksis muammosi xususidagi ilmiy nazariy tadqiqotning o‘zbek tili materiallari asosida ilk bor yoritilishi bilan tilshunoslikning mazkur sohasini xalqarolashtirishga katta hissa qo‘shilgan;
sintagmatik va sintaktik munosabatlar bir-biridan farq qiluvchi sintaktik birliklar maqomini belgilovchi til hodisalar hisoblanishi, sintagmatik munosabat hosil qilinishi uchun tilning ikki tarkibi bir paytda, bir so‘z ichki tuzilishi jarayonida, sintagmatik qatorda gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin qo‘shilishi, sintaktik munosabat esa yasama so‘zlar doirasida morfemalar, qo‘shma so‘zlar doirasida so‘zlar, gap doirasida ham so‘zlar va matn doirasida gaplar orasida sodir bo‘lishi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (SamDCHTI ning 2022-yil 25-fevraldagi 332/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada sintagmatik va sintaktik munosabatlar zamonaviy yo‘nalishda tahlil etishga erishilgan;
qo‘shma so‘zlar semantik derivatsion jihatdan ibora bo‘lib kelishi aniqlanib, ular frazeologiyalashgan lug‘aviy birliklar hisoblanishi, birgina so‘zlar misolida perefraza kabi frazeologiyalashgan lug‘aviy birliklar derivatsiyasini ochib berishga doir tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining 2022-yil 4-apreldagi 36-con ma’lumotnomasi). Shuningdek, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Uyimdagi xazina”, “Ta’lim va taraqqiyot” turkum dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 4-apreldagi 01-12/148-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur to‘garak seminarlarining va ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish