Abdullaeva Gulchexra Abdullajonovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi (oila, mahalla va maktab hamkorligi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1895.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Sapo Matjonov, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni oila – mahalla – maktab pedagogik hamkorligi misolida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga kvalimetrik yondashuv asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“uzluksiz ma’naviy tarbiya ishlarini kvalimetrik monitoring qilish”, “intizom kodeksi”, “kvalimetrik kompetentlik” tushunchalari tarbiyaviy ishlar transformatsiyasi natijasida pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonidagi miqdor hamda sifat o‘zgarishlarni kvalimetrik monitoring qilish (kuzatish, nazorat qilish, sifatni aniqlash, shkalalash, baholash) orqali asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari reytingini baholash mezonlari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlariga tizimli kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish, pedagogik hamkor subyektlarning pedagogik og‘ish, ijtimoiy og‘ish kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini kvalimetrik metodlar yordamida aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
pedagogik hamkorlik jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga kvalimetrik yondashuv modeli kvalimetrik kompetentlikning maqsadli, motivatsion, mazmunli-texnologik, baholovchi, korreksion komponentlarini hamkorlik tamoyillari va tashkiliy faoliyat turlariga tatbiq etishda refleksiv yondashuvni qaror toptirish maqsadida siklli va invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat va samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning individual tarbiya trayektoriyasini kvalimetrik mezonlar orqali belgilash asosida ularning ma’naviy-axloqiy va sanogen tafakkurini rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini sifat jihatidan baholashga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tarbiyaviy ishlar transformatsiyasi natijasida pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonidagi miqdor hamda sifat o‘zgarishlarni kvalimetrik monitoring qilish (kuzatish, nazorat qilish, sifatni aniqlash, shkalalash, baholash) orqali asoslangan “uzluksiz ma’naviy tarbiya ishlarini kvalimetrik monitoring qilish”, “intizom kodeksi”, “kvalimetrik kompetentlik” tushunchalari, pedagogik kvalimetriyaning ijtimoiy ko‘rsatkichlarini aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish orqali ma’naviy-axloqiy muhit modelini takomillashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyalanganlik darajalarini sotsiomonitoring usulida baholash, mahalla va ota-onalarning tarbiyaviy ishlardagi ishtirokini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2022 yil 16 maydagi 96-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimida mahallalar va ota-onalar ishtirokining ommalashishiga keng yo‘l ochilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlariga tizimli kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish, pedagogik hamkor subyektlarning pedagogik og‘ish, ijtimoiy og‘ish kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini kvalimetrik metodlar yordamida aniqlash asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari reytingini baholash mezonlari, pedagogik hamkorlik asosida ta’lim-tarbiya tizimini nazorat qilish va baholashning kvalimetrik monitoringi natijalarini baholash konsepsiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-2020010829 “Talaba-yoshlarning ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 1 iyuldagi 04/11-3904 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini kvalimetrik monitoring qilish nazariyasini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan;
kvalimetrik kompetentlikning maqsadli, motivatsion, mazmunli-texnologik, baholovchi, korreksion komponentlarini hamkorlik tamoyillari va tashkiliy faoliyat turlariga tatbiq etishda refleksiv yondashuvni qaror toptirish maqsadida siklli va invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan pedagogik hamkorlik jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga kvalimetrik yondashuv modeli, pedagogik kvalimetriyani tarbiya tizimiga singdirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi darajasini baholash indikatorlari hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar nopedagogik oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalariga mo‘ljallangan “Umumiy pedagogika” (2-qism) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat va samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning individual tarbiya trayektoriyasini kvalimetrik mezonlar orqali belgilash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va sanogen tafakkurini rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi, o‘quvchilarni pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga nisbatan kvalimetrik yondashuvni tatbiq etishning ilmiy-metodik va pedagogik asoslari, shuningdek, tadqiqot muammosi yuzasidan o‘tkazilagan tajriba-sinov ishlarining mazmuni bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida tayyorlangan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUKning 2022 yil 19 yanvardagi 06-28-112-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslarini ommalashtirishga erishilgan.