Raxmatova Salima Togaymuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish (malaka oshirish tizimi misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2882.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Ruzumboy Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xushvaktova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy–metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi uzluksiz kasbiy rivojlanishi va ta’lim faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari (o‘qitishning mobilligi, individual ta’lim muhitini loyihalash, raqamli ta’lim resurlarni ishlab chiqish va qo‘llash) o‘qitishning interfaol modellarini maqsadli optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy–metodik tayyorgarligi pedagogik faoliyatning yangi turi sifatida: interaktiv axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim sharoitlarida shaxsiy-kasbiy rivojlanishni ta’minlash, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalari asosida on-line va off-line rejimli tezkor diagnostikasini adaptiv yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy–metodik tayyorgarligi tarkibiy komponentlarini (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik modeli kasbiy yaratuvchanlik parametrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
biologiya o‘qituvchisining raqamli ta’lim muhitida kasbiy–metodik tayyorgarlikni rivojlantirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va tayyorgarlik darajalarini takomillashtirishga doir (dars ishlanmalari, topshiriqlar, taqdimotlar, videodarslar, masala va mashqlar echish metodikasi, vebinarlar tashkil etish, mustaqil kasbiy rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga doir) taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy–metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi uzluksiz kasbiy rivojlanishi va ta’lim faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari (o‘qitishning mobilligi, individual ta’lim muhitini loyihalash, raqamli ta’lim resurlarni ishlab chiqish va qo‘llash) o‘qitishning interfaol modellarini maqsadli optimallashtirish asosida aniqlashtirilganga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2022 yilda amalga oshirilgan A.Avloniy nomidagi pedagoglari kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 01109-1634-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy–metodik tayyorgarligini uzluksiz takomillashtirish tizimini intensiv optimallashtirishga xizmat qilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy–metodik tayyorgarligi pedagogik faoliyatning yangi turi sifatida: interaktiv axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim sharoitlarida onlayn va offlayn tizimda shaxsiy-kasbiy rivojlanishni ta’minlash, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalari asosida pedagogik kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalaridan 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I–OT–2019–8–raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv–metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 9 dekabrdagi 01/15-09/275-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qitishning onlayn va oflayn tizimi interaktivligini ta’minlash imkoniyati ta’minlangan.
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy–metodik tayyorgarligi tarkibiy komponentlarini (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik modeli; biologiya o‘qituvchisining kasbiy–metodik tayyorgarlikni rivojlantirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va tayyorgarlik darajalarini takomillashtirishga doir (dars ishlanmalari, topshiriqlar, taqdimotlar, videodarslar, masala va mashqlar echish metodikasi, vebinarlar tashkil etish, mustaqil kasbiy rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga doir) taklif va tavsiyalaridan 70110901 – tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Biologiyaning konseptual asoslari” darsligi mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsuc ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 15 avgustdagi 02/01–01–26–son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimini magistratura ̶ malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarida pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini uzviylashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.