Yunusova Xusnora Shuxrat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash” , 13.00.03- Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 3709.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Botirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning kognitiv, fiziologik, psixologik, metodik, integrativ komponentlari talabalarni tezkor diagnostikaga o‘rgatuvchi assosiativlik tamoyilini korreksion mashg‘ulotlarni loyihalash jarayoniga tolerantlik munosabatida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak defektologlarning inklyuziv ta’limga tayyorligini o‘rganish mezonlari klaster subektlari o‘rtasidagi himoyalovchi-pedagogik ta’sir mexanizmlarini kasbiy transformatsiyaga asoslangan refleksiv muhitda sinergiyadagi manfaatdorlik darajasiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
inklyuziv ta’limga tayyorlashning klaster modeli talabalarda tadqiqotchilik, terapevtik-diagnostika, ijtimoiy ko‘maklashuv kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan adaptiv metodik kompleksni ko‘p tanlovli muhitda produktivligiga ko‘ra maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalari passiv va faol o‘zlashtirishning tizimli prognoziga yo‘naltirilgan tezkor takrorlash mashqlarini kasbiy faoliyatni modellashtirish jarayonida konstruksiyali tartibda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning kognitiv, fiziologik, psixologik, metodik, integrativ komponentlari talabalarni tezkor diagnostikaga o‘rgatuvchi assosiativlik tamoyilini korreksion mashg‘ulotlarni loyihalashga oid takliflari “Inklyuziv va maxsus ta’limning filologik asoslari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 166-093-son guvohnoma). Natijada, talabalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash jarayonining metodik jihatdan ta’minlanishiga erishilgan;
bo‘lajak defektologlarning inklyuziv ta’limga tayyorligini o‘rganish mezonlari klaster subektlari o‘rtasidagi himoyalovchi-pedagogik ta’sir mexanizmlarini kasbiy transformatsiya asoslangan muhitda mustaqil sinergiyali qo‘llashga oid tavsiyalaridan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “Bolalar va biz” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 iyundagi 04-36-992-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster muhitida defektologlarni inklyuziv ta’limga erta va samarali tayyorlashning ahamiyati keng jamoatchilikka targ‘ib etilishiga erishilgan; 
inklyuziv ta’limga tayyorlashning klaster modeli talabalarda tadqiqotchilik, terapevtik-diagnostika, ijtimoiy ko‘maklashuv kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan adaptiv metodik kompleksni ko‘p tanlovli muhitda produktivligiga ko‘ra maqbullashtirishga oid takliflari Jizzax politexnika institutida amalga oshirilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (2017-2021)” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan ( O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax politexnika instituti 2022 yil 9 sentabrdagi 02-1994-1988-son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining roli va vazifalarini ommabop kontekstda targ‘ib qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish