Eshqoraev Qahramon Aburaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klasterli yondoshuv asosida talabalarning verbal intellektini rivojlantirish metodikasi (informatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalash fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3910.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klasterli yondashuv asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining verbal intellektini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning verbal intellektini rivojlantirishda klaster yondashuvining ma’lumotlar taqdim shakli va ulardan foydalanish reglamentini monitoring qilishga yo‘naltirilgan pedagogik, kasbiy muloqotda barqarorlikka erishish kabi psixologik imkoniyatlari analiz va sintezning ijtimoiy-adaptiv orientatsiya darajalariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida verbal intellektni rivojlantirishning klaster modeli pedagogik faoliyat sub’ektlarida axborot muhitini ta’minlashning “motiv-reja-qaror” artefakt strategiyasini barqaror reproduktivlik darajasiga ko‘ra differensial transformatsiyasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning verbal intellektini rivojlantirish texnologiyalari texnik struktura, jamoaning hamkorlikda ishlash dinamikasini kasbiy harakatlar refleksiyasida integratsiyalovchi nutqiy ifoda signallarini o‘zaro ta’sir semantikasida maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilari verbal intellektini rivojlantirishning metodik ta’minoti fikrni tezkor qayta ishlash va jozibadorlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan nostandart testlarni talabalarning akademik-ijtimoiy traektoriyasi mazmuniga kreativ-dasturlash muhitida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Klasterli yondoshuv asosida talabalarning verbal intellektini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning verbal intellektini rivojlantirishda klaster yondashuvining ma’lumotlar taqdim shakli va ulardan foydalanish reglamentini monitoring qilishga yo‘naltirilgan pedagogik, kasbiy muloqotda barqarorlikka erishish kabi psixologik imkoniyatlari ilmiy analizning ijtimoiy-adaptiv orientasiya darajalariga doir taklif va tavsiyalar asosida “Boshlang‘ich ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalari” (Axborot texnologiyalari savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar) nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-buyrug‘i bilan nashrga ruxsat etilgan). Natijada, talabalar intellektini rivojlantirishning ijtimoiy mobilligini sintezlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak informatika o‘qityvchilarida verbal intellektni rivojlantirishning klaster modeli pedagogik faoliyat sub`ektlarida axborot muhitini ta’minlashning “motiv-reja-qaror” artefakt strategiyasini barqaror reproduktivlik darajasiga ko‘ra differensial transformatsiyasida qo‘llashga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini 2023 yil 23 fevraldagi 04-36-301-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni verbal intellektini klasterli yondashuv asosidagi rivojlanishiga erishilgan;
talabalarning verbal intellektini rivojlantirish texnologiyalari texnik struktura, jamoaning hamkorlikda ishlash dinamikasini kasbiy harakatlar refleksiyasida integrasiyalovchi nutqiy ifoda signallarini o‘zaro ta’sir semantikasida maqbullashtirish hamda bo‘lajak informatika o‘qituvchilari verbal intellektini rivojlantirishning metodik ta’minoti fikrni tezkor qayta ishlash va jozibadorlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan nostandart testlarni talabalarning akademik-ijtimoiy traektoriyasi mazmuniga kreativ-dasturlash muhitida optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish xamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusida loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpog‘iston filialining 2022 yil 15 dekabrdagi 369-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning verbal intellekti fikrni tezkor qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga asos bo‘lgan.