Rahmatov Mardon Mehmonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy lirik asrlarining sintaktik-semantik va kommunikativ xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil471.
Ilmiy maslahatchi: Ashirboyev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rifjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboyev Abdulla Durdiboyevich, filologiya fanlari doktori, professor, Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonini tashkil qiluvchi g‘azallar struktura elementlarining nutq subyektiga munosabati, poetik aktuallashuv, sintaktik birliklar pozisiyasi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
she’riy nutqda buyruq shakli, so‘roqlar, sen olmoshi, undalma kabi kommunikativ vositalarning dialogizatsiyani ta’minlashdagi buyruq: angla, so‘rma, fahm et, so‘roqlar: qaysi? Nechun?/nvchun singari o‘rni ko‘plab namunalar asosida ochib berilgan;
g‘azallar matni nutqiy faoliyatni tashkil etuvchi nutq subekti va adresat, subyekt va obyekt tamoyillari asosida tekshirilib, ular she’riy nutq strukturasining bosh kategoriyalari ekanligi dalillangan hamda nutq subektining shoir taxallusiga munosabati izohlangan;
propozitiv qurilmalarning kommunikativlikka munosabati, she’riy jumla/misra qismlarining aktuallashuvi ilmiy asoslanib, ularning aktual sathda tema hamda rema guruhlariga ajratilishi asoslangan;
undalma va kirish so‘zlarning poetik nutqdagi o‘rni, tavtologik birliklarning kommunikativ sintaksisga munosabati, ularning ifoda tizimi, sintaktik-semantik hamda kommunikativ xususiyatlari aniqlangan; 
inversiya va tadminning o‘zaro bog‘liqligi masalasiga oydinlik kiritildib, ular bayt/misra strukturasida joylashgan o‘rniga ko‘ra farqlanuvchi she’riy axborot uzatish tizimi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy lirikasining sintaktik-semantik va kommunikativ xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
g‘azallar matni nutqiy faoliyatni tashkil etuvchi nutq subekti va adresat, subyekt va obyekt tamoyillari asosida o‘rganilgan hamda nutq subektining shoir taxallusiga munosabati izohlangan o‘rinlari, undalma va kirish so‘zlarning poetik nutqdagi vazifasi, tavtologik birliklarning kommunikativ sintaksisga munosabati, ularning ifoda tizimiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170926459-raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX–XXI asrlar)” (2018–2020-yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yiil 26-oktabrdagi 01/4-2978-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan monografiya mazmunan yangi tahliliy ma’lumotlar bilan boyigan;
she’riy nutq, nutq subekti va adresat, subyekt va obyekt, nutq subektining shoir taxallusiga munosabati, propozitiv qurilmalarning kommunikativlikka munosabati, inversiya va tadmin, ularning o‘zaro bog‘liqligi, she’riy axborot uzatish tizimini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati masalasiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildli monografiyani (7-jild) chop etish” (2017–2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 26-oktabrdagi 01/4-2976-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning individual uslubi, lirik asarning “badiiy maydon” va “badiiy vaqt”i va poetik mahoratini belgilovchi sintaktik birliklar monografiyaning mazmuniga singdirilgan hamda Navoiy tiliga xos xususiyatlar ochib berilgan;
she’riy nutqda buyruq shakli, so‘roqlar, sen olmoshi, undalma kabi kommunikativ vositalarning dialogizatsiyani ta’minlashdagi ahamiyati, propozitiv qurilmalarning kommunikativlikka munosabati, she’riy jumla/misra qismlarining aktuallashuvi, ularning aktual sathda tema hamda rema guruhlarga ajratilishi asoslangan o‘rinlri she’riy jumla muammosi, undalma va kirish so‘zlarning poetik nutqdagi o‘rni masalalariga bag‘ishlangan tahliliy materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020–2022-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 26-oktabrdagi 01/4-2977-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusining she’riy matn va uning funksional-uslubiy, funksional-kommunikativ tahlil usullari jihatidan mukammalashishiga erishilgan;
she’riy nutqda buyruq shakli, so‘roqlar, sen olmoshi, undalma kabi kommunikativ vositalarning dialogizatsiyani ta’minlashiga doir namunalar tahlili, nutq subekti va adresat, nutq subektining shoir taxallusiga munosabati bilan bog‘liq ilmiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2021–2022-yillarda efirga uzatilgan “G‘azal bo‘stoni”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-oktabrdagi 04-36-1697-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zMTRKda yangi radioeshittirishlarni tashkil qilish va mavjud radioeshittirishlarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish