Rahmonova Shahnoza Muxitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek epik poeziyasi takomilida aruz tizimining o‘rni», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil415
Ilmiy maslahatchi: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘rayev Jaloliddin Olimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek epik poeziyasida aruz tizimini tekshirish, masnaviy shaklida yozilgan dostonlarda vazn va mazmun uyg‘unligini aniqlash, mumtoz va zamonaviy dostonchilik an’analarining nazariy, amaliy, ritmik unsurlar kesimida tarixiy taraqqiyot tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antik davr epik poeziyasi va musulmon Sharqi masnaviynavisligiga xos xususiyatlar hijolarning sifati, juzvlar hamda turoq va ruknlarning holatida yaqqol namoyon bo‘lishi metrikaning gekzametr va aruzning mutaqorib bahrlari asosida qiyosiy sathda ochib berilgan;
pandnoma, jangnoma va qahramonlik yo‘nalishidagi dostonlarga xos an’anaviy vazn mutaqoribi musammani mahzuf vaznidan evolyusiya jarayonida ramali maxbun vaznlariga o‘tganligi dalillangan;
«Noma» yo‘nalishidagi hamda ishqiy dostonlarga xos vazn sifatida «Muhabbatnoma»ning vazni – hazaji musaddasi mahzuf vazni an’anaviylik kasb etishi aniqlangan;
«Xamsa» yo‘nalishidagi dostonlar uchun turkiy epik poeziyasida qo‘llanilgan sariyi musaddasi matviyi makshuf, hazaji musaddasi mahzuf, hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf, xafifi musaddasi maxbuni mahzuf, mutaqoribi musammani mahzuf singari vaznlari ilmiy asoslanib, ularning dostonlar mazmuni bilan bog‘liqligi dalillangan;
falsafiy-tasavvufiy dostonlarda ritm va mazmunning o‘zaro munosabati, irfoniy hamda diniy-didaktik prizmaga ko‘ra ramali musaddasi mahzuf vazni yetakchilik qilishi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. O‘zbek epik poeziyasi takomilida aruz tizimining o‘rni tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharq xamsanavisligidagi sariyi musaddasi matviyi makshuf, hazaji musaddasi mahzuf, hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf, xafifi musaddasi maxbuni mahzuf, mutaqoribi musammani mahzuf singari she’riy o‘lchov masalalarini tadqiq qilish va she’riy o‘lchovning mazmun bilan aloqadorligini o‘rganishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 – «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» (2019–2021) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 30-martdagi 04/1-554-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dostonlarning o‘lchov imkoniyatlariga doir kuzatishlar navoiyshunoslikdagi mavjud nazariy fikrlarni asoslashga xizmat qilgan;
pandnoma, jangnoma va qahramonlik yo‘nalishidagi dostonlarga xos an’anaviy vazn mutaqoribi musammani mahzuf vaznidan evolyusiya jarayonida ramali maxbun vaznlariga o‘tganligi dalillanganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-OT-2019-10 – «O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish» (2019–2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 30-martdagi 04/1-554-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, jangnoma va qahramonlik yo‘nalishidagi dostonlarning o‘lchov imkoniyatlari hamda pandnoma yo‘nalishidagi dostonlarga xos vaznlar yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalar adabiyoshunoslikdagi mavjud nazariy fikrlarni mazmun jihatidan mukammallashuvini ta’minlangan;
vaznni masnaviy ritmini vujudga keltiruvchi asosiy omil sifatida o‘rganish va falsafiy-tasavvufiy dostonlarda ritm va mazmunning o‘zaro munosabati, irfoniy hamda diniy-didaktik prizmaga ko‘ra ramali musaddasi mahzuf vazni yetakchilik qilishi masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ – 2020042022 – «Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi» (2020–2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 21-dekabrdagi 04/1-3531-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, «Qo‘sh ismli» ishqiy dostonlarning vazn xususiyatlari, «Xusrav va Shirin» yo‘nalishidagi dostonlarda hazaji mahzuf vaznining asarlar mazmunini ochishdagi o‘rniga doir fikrlar adabiyoshunoslikda mavjud qarashlarni boyitgan;
antik davr poeziyasi va metrika hamda musulmon Sharqi masnaviynavisligiga xos xususiyatlar hijolarning sifati, juzvlar hamda turoq va ruknlarning holatida yaqqol namoyon bo‘lishi metrikaning gekzametr va aruzning mutaqorib bahrlari asosida qiyosiy sathda ochib berishga doir ilmiy xulosalardan Qozog‘iston Respublikasi M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan «Qozog‘istonning qo‘lyozma merosi millatning “ma’naviy tiklanishi” paradigmasi sifatida: to‘plash, saqlash, raqamlashtirish, tizimlashtirish, elektron katalog yaratish, nashr etish va tadqiqot» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutining 2022-yil 21-dekabrdagi 056/473-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» dostonlarida ritm va mazmunning o‘zaro munosabatiga doir kuzatishlarning mukammallashuviga xizmat qilgan.