Kosbergenov Kuatbay Maulenbergen ulining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoratov tog‘larining kichik intruziyalari, daykalari va ularning ma’dandorligi (Janubiy Nurota)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/GM146.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Divaev Farid Karibovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoratov tog‘larining plutonik va subvulkanik daykali hosilalari va kichik intruziyalarining geologik-petrografik, petrokimyoviy, geokimyoviy xususiyatlari va ma’dandorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoratov tog‘laridagi kichik intruziyalar  va daykalarning petrografik va petrogeokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor geologik joylashuvi va petrologik-geokimyoviy ma’lumotlarga ko‘ra, kvarsli o‘rta ishqorli dioritlar (Qoramachit tanasi) va granit-porfirlarning (Sarmich tanasi) kichik intruziyalari Sarmich daykali majmuasiga taalluqligi asoslangan;
 ilk bor Qoratov intruziyasida ohakli-ishqorli (dala shpatli) lamprofirlar oilasiga mansub kersantit daykasi aniqlangan;
daykalar va kichik intruziyalarning genetik turlari ajratilgan va ularning ma’dandorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoratov tog‘larining kichik intruziyalari va daykali hosilalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoratov tog‘larida kichik intruziyalar va daykalarining petrografik va petrogeokimyoviy xususiyatlarining batafsil tavsifi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik intruziyalar va daykalarning geologik-petrografik va petrogeokimyoviy xossalari boshqa hududlardagi muqobil daykalar tarkibini qayta ko‘rib chiqishga va mintaqada magmatik majmualarning hosil bo‘lishini batafsil tavsiflashga imkon bergan;
kvarsli o‘rta ishqorli dioritlarning (Qoramachit tanasi) va granit-porfirlarning (Sarmich tanasi) kichik intruziyalari tarkibi bo‘yicha dalillar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik intruziyalar va ularning mustaqilligi Molg‘uzor tog‘laridan Auminzatovgacha cho‘zilgan ordovik-silur oltindor kamar bilan bog‘liq minerallashuv bashoratiga asoslangan geologik va petrologik-geokimyoviy ma’lumotlar yirik miqyosli metallogenik va geodinamik xaritalar tuzish imkonini bergan;
Qoratov granit intruziyasida birinchi marta aniqlangan kersantitlar ohak-ishqorli (dala shpatli) lamprofirlar oilasiga mansubligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda geologiya-qidiruv ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning magmatik majmualarida eng yosh daykali hosilalarni aniqlash imkonini bergan;
kichik intruziyalar va daykalarning genetik turlari va ularning Qoratov oltindor kamarida oltin minerallashuvi bilan genetik bog‘liqligi  “O‘zbek geologiya qidiruv”  AJning geologiya-qidiruv ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 04-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik intruziyalar va daykalarning genetik turlari hududni yirik miqyosli xaritalashda, minerallashuvni qidirish va bashoratlashda qidiruv omili sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish