Yuldashev Otabek Toshpo‘lat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili gemeronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1207.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonova Shohista Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili gemeronimlarining tarixiy-lisoniy xususiyatlarini onomastik mikroko‘lamidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va lisoniy omillar bilan bog‘liq takomillashuvini, nominatsion-motivatsion xususiyatlarini sotsiolingvistik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemeronimlarning onomastik ko‘lamdagi tarixiy-lisoniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, madaniy va lisoniy omillar bilan bog‘liq takomillashuvi va ularning tilshunoslikdagi lisoniy maqomi hamda boshqa onomastik birliklar bilan munosabati, ular doirasidagi o‘zaro o‘tishlar (onomastik konversiya va transonimizatsiya) aniqlangan;
gazeta, jurnal, axborotnoma va boshqa matbuot nashrlari – gemeronimlarni nomlash, bir-biridan farqlash, reklama qilish, milliy-madaniy xususiyatlarini ifodalash bilan bog‘liq holda ular mavzu-mundarijasining takomillashuvi, til birliklari tizimidagi o`ziga xos belgi va xususiyatlari onomastik qonuniyatlar asosida dalillangan;
o‘zbek tili gemeronimlarining onomastik mikroko‘lamidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va lisoniy omillar bilan birgalikdagi maishiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy taraqqiyot va rivojlanishga ta’siri sotsiolingvistika mezonlari asosida ochib berilgan;
o‘zbek tili gemeronimlarining lug‘aviy asosi, tarixiy etimologik manbalari, onomastik ma’nosi, leksik-semantik jihatdan shakllanishi, ijtimoiy-siyosiy, lisoniy takomili bilan bog‘liq yuzaga kelish sabab va omillari, nominatsion-motivatsion xususiyatlari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili gemeronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gemeronimlarning onomastik ko‘lamdagi tarixiy-lisoniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, madaniy va lisoniy omillar bilan bog‘liq takomillashuvi va ularning tilshunoslikdagi lisoniy maqomi hamda boshqa onomastik birliklar bilan munosabati, ular doirasidagi o‘zaro o‘tish xususiyatlariga oid tahlil hamda xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-noyabrdagi 04/1-3193-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tarixiy matbuot nashrlariga doir ma’lumot hamda ilmiy tahlillar takomillashgan;
gazeta, jurnal, axborotnoma va boshqa matbuot nashrlari – gemeronimlarni nomlash, bir-biridan farqlash, reklama qilish, milliy-madaniy xususiyatlarini ifodalash bilan bog‘liq holda ularning mavzu-mundarijasi takomillashuvi, til birliklari tizimidagi o`ziga xos belgi va xususiyatlari onomastik qonuniyatlarga tegishli tahlil hamda xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli loyihada foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-noyabrdagi 04/1-3192-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi o‘zbek tarixiy va zamonaviy matbuot nashrlariga doir ma’lumot hamda ilmiy tahlillar mukammallashgan;
o‘zbek tili gemeronimlarining onomastik mikroko‘lamidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va lisoniy omillar bilan birgalikdagi maishiy-iqtisodiy va madaniy-ma`rifiy taraqqiyot va rivojlanishga ta`siri yuzasidan chiqarilgan xulosalaridan 2020-2022-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-noyabrdagi 04-36-1867-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarni o‘zbek tilidagi gazeta, jurnal, axborotnoma va boshqa davriy matbuot nashrlarining nomlanish xususiyatlariga doir ma’lumotlar, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.