Kayumova Gulshan Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fraktal pedagogika tamoyillari asosida «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitishning axborot modellarini va baholash usulini ishlab chiqish», 05.01.01- Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3303.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Saida Safibullayevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01. raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Abduhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Achilova Dilnoza Axmatovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mutaxasislik fanlarini o‘qitish metodikasini fraktal pedagogika elementlari hamda axborot modellari asosida takomillashtirish («Kompyuter grafikasi» fani misolida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fraktal tuzilmali o‘qitish jarayonini o‘ziga xos tamoyillari va xususiyatlarining, nazariy va amaliy ko‘nikmalarining adaptivlik darajasiga asoslanib, «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitishning muammoli o‘qitish usuli takomillashtirilgan;
muammoli o‘qitish usullarini takomillashtirishda fraktal pedagogikaning nochiziqlilik, refleksiv o‘zaro ta’siri va rezonans ta’sir o‘tkazish tamoyillari asosida axborot modellari ishlab chiqilgan;
«Kompyuter grafikasi» fanini talabalar o‘zlashtirishida testlash metodikasi fraktal uyg‘unlik va ierarxik bilim asosida takomillashtirilgan;
«Kompyuter grafikasi» fani bo‘yicha asosiy tushunchalarning fanlararo fraktal va tashkiliy bazasi, talabalarning o‘zlashtirish natijalarini diagnostika qilish hamda daraxsimon fraktalga asoslangan bilim chuqurligi va o‘quv faoliyati hajmini aniqlashdagi avtomatlashtirilgan o‘quv axborot tizimi o‘qitish vositasi sifatida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Kompyuter garfikasi» fanini muammoli o‘qitish usulini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik takliflar:
fraktal pedagogika tamoyillaridan foydalanib «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitishda muammoli o‘qitish usulini takomillashtirish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy qilingan. Natijada, mazkur oliy ta’lim muassasasida «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qildi;
fraktal pedagogika tamoyillaridan foydalanib mutaxasislik fanlarini o‘qitishda muammoli o‘qitish usulini takomillashtirish Namangan muhandislik-qurilish institutida, Navoiy davlat pedagogika instituti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida joriy qilingan. Natijada mazkur o‘quv fani talabalarni o‘z-o‘zini kasbiy va shaxsiy rivojlantirishida, va kasbiy savodxonligini oshirish imkoniyatini yaratgan.
fraktal pedagogika tamoyillari asosida «Kompyuter garfikasi» fanini o‘qitishda axborot modellari va baholash usulini ishlab chiqishga oid takliflar FZ-2019081212-«O‘zbek milliy naqshlarida murakkab fraktal tuzilishlarni bayon etishni geometrik modellashtirish texnologiyasini ishlab chiqarish» (2020-2021) innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada, mazkur oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qildi;
fraktal pedagogikaning nochiziqlilik, rezonans ta’sir o‘tkazish va refleksiv o‘zaro ta’sir tamoyillariga asoslangan axborot modelini ishlab chiqishni amalga oshirishga doir takliflaridan №A-5-026 «Mediaedu.UZ mediata’lim tizimining modellari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish» (2015-2017) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini yaratish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan.