Giyosov Ulug‘bek Eshpulatovichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Virtual universitet tashkil qilishda 3D modellarini yaratish va dasturiy vositasini ishlab chiqish», 05.01.04-«Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3082.
Ilmiy rahbar: Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vosilevich, texnika fanlari doktori, professor; Samandarov Batirbek Satimovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual universitet tashkil qilishda eksteryer va interyer obyektlar modellarini tasvirlash, vizuallashtirishni shakllantiruvchi algoritmlari va virtual universitet tashkil qilishda 3D modellarini yaratish hamda dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual muhitga BMF (Basic Model Format) formati asosida 3D modellarini eksport qilish dasturiy vosita plagini ishlab chiqilgan;
virtual universitet muhitida eksteryer va interyer milliy obyektlarning 3D modellari asosida grafik ma’lumotlar bazasini loyihalashning funksional IDEF1x modeli ishlab chiqilgan;
virtual muhitida ikki va uch o‘lchovli primitivlarni tasvirlash usullari asosida virtual ko‘rgazma va universitet 2D/3D vizuallashtirish modellari ishlab chiqilgan;
vAcademia tizimida milliy obyektlar 3D modellari asosida virtual muhitini loyihalash dasturiy vositasining mantiqiy funksional tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya doirasida virtual universitet muhitini tashkil qilishda 3D modellarini yaratish va online rejimda virtual muhitga o‘tishni tashkil etuvchi dasturiy vositani ishlab chiqish asosida:
virtual borliq muhitida uch o‘lchovli primitivlar asosida virtual ko‘rgazma va milliy universitet 2D/3D vizuallashtirish modellari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatiga «II Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi-2020» virtual muhitda o‘tkazish maqsadida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 14.11.2022 yil №11-4830-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro darajadagi virtual ko‘rgazmalar o‘tkazishda qulay va samaralidir, virtual muhitdagi foydalanuvchilarni mashg‘ulotga qiziquvchanlik qobiliyatini oshirishga imkon bergan;
virtual borliq ta’lim muhitida eksteryer va interyer obyektlarning 3D modellari asosida grafik ma’lumotlar bazasini axborot IDEF1x modeli uchun dasturiy vositani ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish algoritmi va matematik ta’minoti «UCHDAVR» MCHJ ta’lim sohasi uchun virtual muhitlarni yaratish kompaniyasi ishlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 14.11.2022 yil №11-4830-son ma’lumotnomasi). Natijada ish unumdorligini 10-13% ga oshirishga hamda uch o‘lchovli obyektni fazoda tasvirlash tezligi 4 martagacha oshirish imkonini bergan;
vAcademia tizimida milliy obyektlar 3D modellari asosida virtual muhitini loyihalash dasturiy vositasining tarkibiy tuzilmasi takomillashtirilgan milliy virtual muhiti Rossiya Federatsiyasining «Virtual`nie prostranstva» MCHJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 14.11.2022 yil №11-4830-son ma’lumotnomasi). Natijada bir xil qiymat darajasidagi Intel protsessorli va Nvidia, ATI grafik adapterlariga ega bo‘lgan 20 ta apparat konfiguratsiyasidagi tizimlarda har bir tasvir o‘lchami uchun 10 martadan ishga tushirilib, so‘ngra oqim protsessorlaridan (OP) foydalanishda erishilgan yaxshilanish OPning eng yuqori ko‘rsatkichlarining markaziy protsessorning eng yuqori ko‘rsatkichlariga nisbati 2 martadan ko‘p bo‘lmagan farq qilish imkonini bergan.