Saidrasulov Sherzod Norboy O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron hukumat muhitida o‘zbek tilidagi fuqarolar murojaatlarini formallashtirish algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3213.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediyeva Dilnoza Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Eshankulov Hamza Ilxomovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elektron hukumat muhitida murojaatlar portali orqali yo‘llangan tabiiy o‘zbek tilidagi matnli murojaatlarni avtomatik formallashtirish va predmet sohalar bo‘yicha tasniflash masalasining algoritmik va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik qayta ishlovchi, yagona tizimga integratsiya qiluvchi lingvistik ma’lumotlar bazasi loyihalashtirilgan va yaratilgan;
tabiiy o‘zbek tilidagi fuqarolarning matnli murojaatlarini tasniflash uchun kengaytirilgan qatlamlarga ajratish algoritmi, mezonli tasniflash tanlanmalari va ranjirlash funksiyalari ishlab chiqilgan;
matnlarni formallashtirish usuli va formal murojaatlar bazasini kombinatsiyali qidirish algoritmi ishlab chiqilgan;
fuqarolar murojaatlarini tasniflash va formallashtirish algoritmlari asosida elektron hukumat tizimlari uchun dasturiy funksional modullarining tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektron hukumat muhitida tabiiy o‘zbek tilidagi matnli murojaatlarni avtomatik formallashtirish va predmet sohalar bo‘yicha tasniflash masalasi uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot virtual qabulxonaning markaziy boshqaruv bo‘limiga 2022-yilning aprel oyidan boshlab joriy etilgan bo‘lib, 5 oy davomida kelib tushgan 450 mingga yaqin murojaatning 32% ni avtomatik sohalarga ajratish imkonini berdi. Ushbu natijalar murojaatlar turi va sonini qanchalik ortishi bilan bilimlar bazasi kengayishi hamda buning natijasida samaradorlik ko‘rsatkichini ko‘tarilishi ko‘rsatadi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-avgustdagi 33-8/5583-son ma’lumotnomasi).
Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Elektron hukumat muhitida qo‘llanilishi, ya’ni tegishli mutaxassislar tomonidan murojaatlarni avtomatik qayta ishlashlarida ularga oqilona qaror qabul qilishlari uchun ko‘mak berish imkoniyati yaratilgan. Natijada, bu esa ish unumdorligi o‘rtacha 20-30 % gacha ortishiga erishildi. Dissertatsiya ishi natijasida yaratilgan dasturiy majmuadan O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat axborot tizimlarida tabiiy o‘zbek tilidagi matnli murojaatlarni avtomatik formallashtirish va predmet sohalar bo‘yicha tasniflash masalalarida foydalanilishi ish samaradorligini oshishiga xizmat qiladi («UNICON.UZ» - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining 2022-yil 22- avgustdagi 5-3/1465-son dalolatnomasi).
Dasturiy ta’minoti tegishli soha yo‘nalishi kesimidagi fuqarolar murojaatlari asosida shakllantirilgan o‘quv tanlanmadan foydalangan holda statik termlar to‘plamini shakllantirish, murojaatlarni formallashtirish va tasniflash ishlari amalga oshiradi hamda elektron hukumat muhitida qo‘llanilishi, ya’ni tegishli mutaxassislar tomonidan murojaatlarni avtomatik qayta ishlashlarida ularga oqilona qaror qabul qilishlari uchun ko‘mak berish imkoniyati yaratdi. Natijada, ish unumdorligi o‘rtacha 20-30 % gacha ortishiga erishildi («O‘zbekiston pochtasi» AJning 2022-yil 18-avgustdagi dalolatnomasi).
Kelajakda mazkur dasturiy majmua Elektron hukumat muhitiga joriy etilsa fuqarolarning elektron murojaatlarining tegishi predmet sohalarini aniqlashda dasturiy vosita tomonidan moderatorlarning oqilona qaror qabul qilishlari ish unumdorligining 20-25% gacha ortishiga, ish hajmining esa 10-20% gacha kamayishiga erishiladi («Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DMning 2022-yil 22-avgustdagi dalolatnomasi).