Usmanova Shoira Ravshanbekovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tubulointerstisial buyrak shikastlangan bemorlarda surunkali generallashgan parodontitning patogenetik jixatlari va ularning diagnostikasi va prognozi», 14.00.25-Klinik lobarator va funksional diagnostika, 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib437.
Ilmiy maslahatchilar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibroxim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozoq-Turk universiteti).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali generalashgan parodontitning klinik kechishiga buyraklarning tubulointerstisial tizimining funksional buzilish xususiyatlari va parodontal kasalliklarning rivojlanishini tashxislashda buyrak shikastlanishining markerlarini tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligida parodont to‘qimalarining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, lablar kasalliklari bilan xastlangan bemorlarda so‘lakdagi lizotsim darajasining pasayishi og‘iz bo‘shlig‘ida patogen mikrofloraning himoya guruhlari susayishi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan parodontit kasalliklarida og‘iz suyuqligida yallig‘lanishga qarshi interleykin-1, interleykin-6, interleykin-8 miqdorining ko‘payishi parodont to‘qimalarida va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida yallig‘lanish destruktiv jarayonlarni faollashtirishi isbotlangan;
parodontda yallig‘lanishning faollashishi organizmdagi tizimli jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi, yuqori darajadagi insulin, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning yog‘ to‘qimalarining adipotsitlari, shu jumladan, interleykin-1, interleykin-6 tomonidan sintezining kuchayishi, surunkali generallashgan parodontit yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning past darajasi isbotlangan;
buyraklarning tubulointerstisial tizimi kasalligi bo‘lgan bemorlarda gipokalsemiyada qonda suyak to‘qimalarining metabolizmi markerlari darajasining oshishi, gipokalsemiya paratiroid gormonining biroz ko‘tarilishi, qon zardobida fosfor darajasining pasayishi, buyrakning tubulointerstitial shikastlanishining sezgir belgisi so‘lak, qon va siydikdagi lizotsim, lipokalin, sistatin hamda laktoferrin faolligini o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tubulointerstisial buyrak shikastlangan bemorlarda surunkali generallashgan parodontitning patogenetik jixatlari, ularning diagnostikasi va bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tubulointerstisial buyrak shikastlangan bemorlarda surunkali generallashgan parodontitning patogenetik jixatlari, ularning diagnostikasi va bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali umumiy parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenezning laboratoriya markerlarining o‘rnini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 8n-z/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali umumiy parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenezning parodont to‘qimalarning yallig‘lanish hamda distrofik kasalliklaridan, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining salbiy ta’sirini oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
tubulointerstisial buyrak shikastlangan bemorlarda surunkali generallashgan parodontitning patogenetik jixatlari, ularning diagnostikasi va bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Salivar ko‘rsatkichlar bo‘yicha endoteliotsit disfunksiyasining erta buzilishlarini prognoz qilish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 8n-z/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tekshirilgan bemorlarda so‘lakdagi lizotsim darajasining pasayishi og‘iz bo‘shlig‘ida patogen va opportunistik mikrofloraning paydo bo‘lish ehtimoli oshishi va undagi mikrofloraning himoya guruhlari pasayishi va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
tubulointerstisial buyrak shikastlangan bemorlarda surunkali generallashgan parodontitning patogenetik jixatlari, ularning diagnostikasi va bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi nefrologiya bo‘limi va Toshkent shahridagi 4-sonli stomatologiya poliklnikasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 yanvardagi 08-42428-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi buyraklarning tubulo-interstisial tizimi xastaligi bo‘lgan bemorlarda gipokalsiemiya negizida qonda suyak to‘qimalarining metabolizmi markerlari darajasining oshishi, gipokalsiemiya paratiroid gormonining biroz ko‘tarilishi, qon zardobida fosfor darajasining pasayishi, buyrakning tubulointerstisial shikastlanishining sezgir belgisi so‘lak, qon hamda siydikdagi lizotsim, lipokalin, sistatin va laktoferrin faolligini oldini olish uchun mutanosiblashtirilgan terapiyani ishlab chiqish imkonini bergan.