Axmedov Raxmatillo Furqatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuyish sepsisi: bashorat qilish, davosi va oldini olish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1575.
Ilmiy rahbar: Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi» (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta jarrohlik yo‘li bilan davolashning ta’siriga asoslangan kuyish sepsisini diagnostikasi, oldini olish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
infeksion asoratlarning turli darajasi bo‘lgan kuygan bemorlarda tizimli yallig‘lanishga javob sindromining namoyon  bo‘lishi aniqlangan; 
kuyish kasalliging dastlabki bosqichida sepsisi bo‘lgan va bo‘lmagan kuygan bemorlarda ozon terapiyasini qo‘llash sxemasi ishlab chiqilgan;
sepsis biomarkeri sifatida prokal`sitonin testi va S-reaktiv oqsilning diagnostik ahamiyati o‘rganildi. Termik shikastlanishda infeksiyaning umumlashtirilishini tasdiqlash uchun uning informatsion ahamiyati katta ekanligi asoslangan;
kuyish sepsisi yoki infeksiyaning umumlashtirishni yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda dastlabki antibiotik terapiyasining sxemalarini belgilashdagi yondashuvlarini aniqlash uchun birinchi marta termik travmaning og‘irlik darajasi natijasini prognostik baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Og‘ir kuygan bemorlarda kuyish sepsisini erta diagnostikasi va davosini takomillashtrish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuyish sepsisini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kuyish sepsisi (patogenezi, tashxislash va davolash)» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-r/125-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalarni qo‘llash kuyish sepsisini davolash taktikasini optimallashtirish va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan;
erta jarrohlik usulida davolashga asoslangan kuyish sepsisini diagnostikasi, oldini olish va davolash samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand filiali amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/94-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kasallikni erta aniqlash imkonini bergan, kasallikning rivojlanish darajasi, asoratlar soni va o‘lim darajasining pasayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish