Parmonov Bobir Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalar shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P420.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rahimova Indira Igorevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalar shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi senzitivlik ta’sirida «mehribonlik», «empatiyaviy yo‘nalganlik»ni psixologik tayyorlikning konativ sohasiga integratsiyasi tufayli, axloqiy harakatlardagi hissiy komponentning ustuvor rivojlanishi dalillangan;
bolaning hulqiy tuzilmasini shakllanishiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri natijasida ijtimoiy persepsiyaning «identifikatsiya», «empatiya», «proeksiyalash» xususiyatlarini adaptiv namoyon bo‘lishiga ko‘ra, axloqiy tushunchalarning hissiy-kognitiv sohaga integrativ rivojlanishi dalillangan;
bolaning axloqiy tushunchalarini shakllanishida oiladagi «qabul qilish», «simbioz» usullari emotsional fonda ifodalanishiga ko‘ra, ota-ona bola muloqotidagi hamkorlik uslubining dominant ekanligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tushunchalarini «yetakchi faoliyat» negizida shakllanishi uchun «syujetli o‘yinlar», «animatsion filmlar»da axloqiy kognisiyalarning hissiy proeksiyalash jihatini empatiyaviy kuchayishi tufayli, rolli axloqiy dilemmalarni qo‘llash muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalar shakllanishining psixologik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi senzitivlik ta’sirida «mehribonlik», «empatiyaviy yo‘nalganlik»ni psixologik tayyorlikning konativ sohasiga integratsiyasi tufayli, axloqiy harakatlardagi hissiy komponentning ustuvor rivojlanishi dalillanganligiga doir takliflari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv - ilmiy Markazining 2022 yil 07 dekabrdagi PM–25-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalar shakllantirish bo‘yicha rivojlantiruvchi ishlarini tashkil etishning namunaviy rejasi ishlab chiqilgan;
bolaning hulqiy tuzilmasini shakllanishiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri natijasida ijtimoiy persepsiyaning «identifikatsiya», «empatiya», «proeksiyalash» xususiyatlarini adaptiv namoyon bo‘lishigaga ko‘ra, axloqiy tushunchalarning hissiy-kognitiv sohaga integrativ rivojlanishiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv - ilmiy Markazining 2022 yil 07 dekabrdagi PM – 25 - sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM - 25-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada «ota-ona – bola» munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
bolaning axloqiy tushunchalarini shakllanishida oiladagi «qabul qilish», «simbioz» usullari emotsional fonda ifodalanishiga ko‘ra, ota-ona bola muloqotidagi hamkorlik uslubining dominant ekanligi asoslanganligiga oid oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 07 dekabrdagi PM – 25-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM – 25-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada «ota-ona – bola» munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tushunchalarini «yetakchi faoliyat» negizida shakllanishi uchun «syujetli o‘yinlar», «animatsion filmlar»da axloqiy kognisiyalarning hissiy proeksiyalash jihatini empatiyaviy kuchayishi tufayli, rolli axloqiy dilemmalarni qo‘llash muhimligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining markazining 2022 yil 07 dekabrdagi PM – 25-sonli buyrug‘iga asosan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM – 25-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni rivojlantirish, borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.